"Atalanta" CHLdagi o'yinlarini "Inter" va "Milan" stadionida o'tkazmoqchi
09 iyu 2019 21:45
Yangiliklar


"Atalanta" CHLdagi o'yinlarini "Inter" va "Milan" stadionida o'tkazmoqchi
O'z tarixida ilk marta CHempionlar ligasida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Atalanta" ushbu turnirdagi uy uchrashuvlarini o'tkazish uchun stadion izlamoqda.
Klubning Bergamodagi "Adzurri d′Italiya" stadioni rekonstrukciyada va evrokubok darajasidagi bahslarni qabul qila olmaydi.
"Atalanta"ning asosiy varianti "Milan" va "Inter" foydalanadigan "San Siro" hisoblanadi.
"Inter" bunga qarshi emas, biroq "Milan" hozircha o'z javobini aytgani yo'q. Bu borada yakuniy qaror tez orada qabul qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar