"Aston Villa" Kesh bilan shartnomani uzaytirdi
05 apr 2022 14:23
Yangiliklar
"Aston Villa" Kesh bilan shartnomani uzaytirdi
"Aston Villa" himoyachisi Metti Kesh klub bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda birmingemliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
24 yoshli polyak bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Angliyada tug'ilgan Kesh 2021 yilning oktyabr oyida Polsha fuqaroligini oldi, sababi uning onasi polyak.
Kesh joriy mavsum APL doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar