"Aston Villa" eng yaxshi to'purari bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2023, 13:40
U shu jamoa futbolchisi sifatida Angliya terma jamoasiga jalb etilgan.

"Aston Villa" rasmiy sayti hujumchi Olli Uotkins bilan yangi shartnoma tuzilgani haqida xabar berdi. Birmingem klubi kelishuvning aniq muddatini aytmadi, faqat uning "uzoq muddatli" ekanligini ko'rsatdi. Shartnoma taxminan 2028 yilning yoziga qadar uzaytirildi.

Olli Uotkins "Aston Villa"dagi to'rtinchi mavsumini o'tkazmoqda. U "villanlar" safida 128 ta o'yinda maydonga tushib, 50 ta gol va 16 ta assistga mualliflik qilgan. Uotkins Angliya terma jamoasiga ham "Aston Villa" futbolchisi sifatida chaqirilgan. U terma uchun 7 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta to'p kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk