"Aston Villa" Emiliano Martinesga yangi shartnoma taklif qiladi
30 iyu 2021 16:28
Yangiliklar
"Aston Villa" Emiliano Martinesga yangi shartnoma taklif qiladi
Birmingemning "Aston Villa" klubi darvozabon Emiliano Martines bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Angliya klubi xo'jayinlari 28 yoshli argentinalikning Kopa Amerikadagi harakatlaridan mamnun bo'lishgan. "Aston Villa" boshqa klublarning transfer bo'yicha ehtimoliy urinishlarini bekor qilish uchun shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.
Emiliano o'tgan mavsum Birmingem klubiga "Arsenal"dan o'tgan edi. Tomonlar 2024 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolashgan.
Martines o'tgan mavsum APL doirasidagi 38ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 46ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar