"Aston Villa" 28 million funtga "Brentford" to'purarinini sotib oldi, bu klub rekordi
09 sen 2020 23:13
Yangiliklar


"Aston Villa" 28 million funtga "Brentford" to'purarinini sotib oldi, bu klub rekordi
"Brentford" forvardi Olli Uotkins "Aston Villa"ga o'tdi.
Birmingem klubi 24 yoshli inglizning transferi uchun rekord darajadagi summa – 28 million funt sarfladi. SHuningdek, yana 5 million bonus sifatida to'lanishi aytilmoqda.
Uotkins o'tgan mavsumda "Brentford"ning eng yaxshi to'purari bo'lgan va CHempionship to'purarligi poygasida "Fulxem" futbolchisi Aleksandar Mitrovichga yutqazgan.
Pley-offni ham hisobga olsak, Uotkins 49 o'yinda 26 gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar