So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал" сафарда "Лас-Пальмас"ни енга олмади  17 01:30Вазифа "омадсиз" бажарилди... "Челси" мағлуб бўлган ҳолда Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига йўл олди, "Астана"дан суперкамбек!  3 01:28Sofascore. "Ланс" мағлуб бўлган ўйинда Абдуқодир Ҳусанов неча баллга лойиқ кўрилди?   0 01:04Mission failed! "Ланс" Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига чиқа олмади  2 00:31Эрон. "Истиқлол"лар дербисида меҳмон "Истиқлол" мағлуб бўлди  0 23:53Англия термасининг янги бош мураббийи илк ўйинларига кимларни чақирди?  0 23:15Расман: Лукакунинг янги жамоаси маълум қилинди  0 22:59Жароҳатлар таъқибига учраётган Ўзбекистон терма жамоаси тайёргарлигидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:15ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланди!  49 22:03Конференциялар лигаси саралаши. "Ланс"нинг "Панатинаикос"га қарши асосий таркиби маълум бўлди  4 21:49Эрон. "Истиқлол" "Истиқлол"га қарши. Машарипов асосий таркибдами?  0 21:23Чеферин: "Суперлига ҳеч қачон бўлмайди!"  4 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  3 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  17 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  8

Grinvud mendan zo'r, yoshlarga imkon beriladi. "Astana"ga qarshi bahs oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

Grinvud mendan zo'r, yoshlarga imkon beriladi. "Astana"ga qarshi bahs oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Bugun Evropa ligasi guruh bahslariga ham start beriladi.

"L" guruhidan joy olgan Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi o'z maydonida Qozog'istonning "Astana" jamoasini qabul qiladi. Kecha uchrashuvdan oldin MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsher ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda mutaxassis bilan birga markaziy himoyachi Aksel Tuanzebe ham qatnashdi. Quyida norvegiyalik murabbiyning o'yinoldi aytgan gaplarini etiboringizga havola etamiz.

Evropa ligasi

1-tur, "L" guruhi

19.09.2019, 23:55

"Old Trafford", Manchester

"Manchester Yunayted" - "Astana"

Bosh hakam: Fransua Letese (Franciya)


Jarohatlanganlar haqida

Den (Jeyms) "Lester" bilan o'yinda zarba qabul qilib oldi, shunday ekan u o'ynamaydi. Hali ham Lyuk (SHou), Pol (Pogba), Antoni (Marsyal) va Erik (Bayi) tayyor emas. Diogu (Dalot) va Jessi (Lingard) qaytdi, ular o'ynashi mumkin. Demak, jarohatlanganlarning bir qismi tarkibga qaytdi deyish mumkin.


Erling Xolandning ECHLdagi o'yini haqida ("Red Bull Zalcburg" azosi Xoland ECHL 1-turida "Genk" darvozasiga 3ta gol urdi. U o'z vaqtida "Molde" tarkibida Sulsher qo'lostida to'p tepgan)

O'sha uchrashuvni tomosha qilish va uning harakatlarini kuzatish yoqimli bo'ldi. Lekin, hozir bor etiborim "Yunayted"ning oldindagi o'yiniga qaratilgan. Albatta, u bilan ishlayotgan insonlar uning progressidan hayron qolmoqda.


Evropa ligasi haqida

"Molde" bilan EL guruhida birinchi bo'lganman. Bunda sen turli jamoalarga va turli madaniyatlarga qarshi o'ynaysan. Bu yangi tajriba, raqiblarga ham. Guruhdagi ikkita o'yinimiz uzoqda va suniy qoplamali maydonda o'tadi. SHu sabab, uydagi o'yinlar biz uchun juda muhim.


Darvozani kim qo'riqlaydi: De Xea yoki Romero?

David yangi shartnoma imzoladi, shunday ekan u o'ynashda davom etishi mumkin degan fikr bo'lishi tabiiy (kuladi). Jiddiy gapiradigan bo'lsam, "Astana"ga qarshi Serxio (Romero) o'ynaydi. U ko'p bor yuqori darajadagi kiperligini isbotlagan, Davidni almashtirib turishga tayyormiz. CHunki, unga nimadir bo'lib qolgan taqdirda Romero o'ynashi uchun Serxioni yaxshi formada ushlab turishimiz zarur. Romero o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan payt keldi.


Yoshlarga etibor haqida

Yosh o'yinchilardan foydalanamiz. Yonimda asosiy tarkibda tushadigan Aksel o'tiribdi. Bizda mavsumoldi yig'inini yaxshi o'tkazgan katta jamoa bor. Asosiy tarkib uchun jiddiy kurash ketmoqda, afsuski Aksel ichki chempionatda boshlang'ich tarkibda tushmaganlardan biri. Tarkibda boshqa yangilanishlar ham bo'ladi, yosh o'yinchilarga ham imkon beramiz. Grinvud albatta o'ynaydi.


Deniel Jeyms haqida

Denielni o'yinidan roxatlanyapman. Uni xarid qilganimiz - fantastika. U jamoaga ko'p narsa bermoqda. U "Lids"ga o'tishga juda yaqin bo'lganini bilaman, lekin bu futbol. Bu erda u o'z ishini yaxshi boshladi.


Fred haqida

Fred yaxshi holatga keldi, bizga uning kuchga to'la oyoqlari kerak. U sabrli bo'ldi va ko'p ishladi. U yosh bola emas, lekin Angliyadagi faoliyatini endi boshladi. Uni maydonda yanada ko'proq ko'rishimizga ishonaman.


De Xeaning yangi shartnomasi haqida

David bilan qancha ko'p gaplashsam, uning qolishiga shuncha ko'proq ishondim. Uni "Lester" bilan o'yinda qanday harakat qilganini ko'rdingiz. Bu himoyachilarga ham qo'shimcha ishonch beradi. CHunki, ular ortda hammasi joyida ekanligini bilishadi va hotirjam to'p tepishadi. U "Yunayted" muvaffaqiyatlarining bir qismi bo'lishiga aminman.


Grinvudga maslahat

Meyson men ko'rgan hujumni yakunlovchilar orasida eng yaxshilaridan biri. Men etarlicha yuqori darajadagi futbolchilar bilan o'ynaganman. Meyson mendan zo'r, bu aniq. U shunchaki tinmay ishlashi kerak, oldinda ko'p yillar bor. Har doim oldinda turgan o'yin eng muhimi.


Jamoa CHempionlar ligasida emasligidan hayronligi haqida

O'ylashimcha, yigitlar Premer-liga o'yinlarini, boshqa klublar qanday qilib sovrin qo'lga kiritayotganini ko'rishgan. Ularni o'rnida bo'lishni men ham, shogirdlarim ham xohlashadi. Evropa ligasi - o'sha joyga yo'l.


Reshford haqida

Ko'plab yosh o'yinchilar unga o'xshashga harakat qilishadi. U haqiqiy professional, har kuni nimadir yaratishga intiladi. "Manchester Yunayted" azosi aynan shunday bo'lishi kerak. U uchun muhim palla "Lester" bilan bahsda gol urish edi. Endi u bosimni engib o'tdi.


Mourino Evropa ligasida tajribali tarkibni tushirgan, siz esa yoshlarga imkon bermoqchisiz. Bu siz tanlagan yo'lmi?

Tarkib tanlashda hamma narsa kim tayyor ekanligiga, biz qanday pog'onada borayotganimizga, keyingi o'yin qanday ekanligiga va kimga ko'proq o'yin amaliyoti kerakligiga bog'liq. Yoshlar ichki bellashuvlarda ham o'ynashi mumkin, bu o'z vaqtida qabul qilishimiz kerak bo'lgan oddiy qaror. Bazida Evropa ligasida aynan tajribali o'yinchilar tushishi kerak bo'lib qolishi ham mumkin.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика