“Astana” ilk bor Qozog'iston chempioni!

Narzulla Saydullayev
2 noya 2014, 11:33
Qozog'iston Premer-Ligasining 31-turidan so'ng mamlakat chempioni nomi ma'lum bo'ldi.
O'z maydonida Qizilo'rdaning “Qaysar” jamoasini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchgan “Astana” klubi o'z tarixida ilk bor Qozog'iston chempionligini qo'lga kiritdi.

Patrik Tvumasi, Dmitriy Shomko va Foksi Ketevoama tomonidan kiritilgan gollar “Astana”ga muddatidan avval chempionlikni taqdim etdi. Ushbu turda terma jamoamiz yarim himoyachisi Temur Kapadze to'p tepayotgan “Aktobe” klubi o'z uyida “Qayrat” jamoasini kichik 1:0 hisobida mag'lub etdi.   

Kelasi mavsumda “Astana”, “Qayrat”, “Aktobe” va “Ordabasi” klublari Evrokuboklarda Qozog'iston sharafini himoya qiladi.

“ASTANA” - “QAYSAR” 3:0 (2:0)

Gollar:
Tvumasi 13 (1:0), Shomko 71 (2:0), Ketevoama 78 (3:0).

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Astana
301710360 - 213942
2Qayrat31185856 - 282838
3Aktobe301510546 - 301634
4Ordabasi311351333 - 41-827
5Qaysar31913928 - 33-524
6Shaxtyor311161440 - 47-721


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com