So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  1 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  33 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Asror G'ofurov: "Superligada hech kim "oq bayroq" ko'tarishni istamadi va oxirigacha kurashdi" Yangiliklar

Asror G'ofurov: "Superligada hech kim "oq bayroq" ko'tarishni istamadi va oxirigacha kurashdi"

Termizning "Surxon" jamoasi so'nggi turda "Sug'diyona"ga mag'lub bo'lganiga qaramasdan Superligada qolish vazifasini uddaladi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng termizliklarning tajribali futbolchisi Asror G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Birinchi galda yaqinda yakuniga etgan "Sug'diyona" bilan uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

Bugun maydonga yaxshi tayyorgarlik va kuchli ishtiyoq bilan chiqqandik. Har doimgidek yana nimadir pand berib mag'lubiyatga uchradik. Aslida g'alaba qozonishimiz kerak edi. Durang natijaga ham rozi edik desam mubolag'a bo'lmaydi. Mavsumni yakunlab oldik. Muxlislarga rahmat aytaman.

-  Qiyin o'tgan mavsum yakunida "Surxon" Superligada kuchlilar safida qolishni uddasidan chiqdi. Mavsumni to'liq bu jamoa tarkibida o'tkazdingiz. Jamoaning qiyin bu darajada qiynalganini nima bilan bog'lasak bo'ladi? Pandemiya, murabbiylar almashinuvi, to'xtalishlar tanaffuslar....

- Aytganingizdek juda ham og'ir mavsum o'tkazdik. Pandemiya, oraliqdagi katta tanaffuslar, nafaqat bizga barcha jamoalarga to'sqinlik qildi. SHunga qaramasdan Superligada qolish vazifasini bajara oldik. Bundan barchamiz xursandmiz.

- Bu yilgi Superliga qaysi jihati bilan avvalgisidan ajralib turdi? O'zbekiston chempionatidagi ikkinchi mavsumingizdan qanday taassurotlar qoldi? Bu yil Superligada o'sish ko'rdingizmi yoki aksincha pasayish?

- Superliga yildan yilga o'smoqda. Yuqorida takidlaganimdek to'xtalishlar chempionatning bir tekisda o'tishiga tasir o'tkazdi. Taassurotlarim juda yaxshi. Muhimi hech bir jamoa "oq bayroq" ko'tarishni istamadi va oxirigacha kurashdi. 

- Klubdagi ichki muammolar, moliyaviy qiyinchiliklar ham jamoaning natijalarga tasir o'tkazdi deya olamizmi?

- Hozirda 1-2 klubni hisobga olmaganda qolgan barcha moliyaviy qiyinchiliklar girdobida. Buning tasiri jamoamizga ko'zga tashlanadigan darajada bo'lmadi. Maydonga tushgach faqat g'alaba sari intilib, jamoaning or-nomusi uchun harakat qilish kerak SHaxsiy muammolar, moliyaviy qiyinchiliklar ikkinchi darajali deb o'ylayman.

- Hozirgi vaqtda charchoq alomatlari, jismoniy tomondan tiklanish uchun vaqt kamligi kabi omillar O'zbekiston kubogi bahslarida jamoaga to'sqinlik qilmaydimi?

- Jismonan tiklanish oson emas. Lekin Evropa jamoalarining taqvimiga qarasak bizda tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli.

- Xorij klublaridan takliflar qabul qildingizmi? Bilamiz, o'z vaqtida Turkiyaning bir nechta klublarida to'p tepgansiz...

- Oldinda kubok turniri bor. Taklif bo'lsa o'rganib chiqaman. Ayni payt aniq takliflar yo'q.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика