So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  4 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  11 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  23 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Asror Aliqulov: "Tezkor to'p kiritsak, nazoratni qo'lga olishimizni bilardik. "Paxtakor"ga qarshi yopiq o'yin namoyish etmaymiz" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Tezkor to'p kiritsak, nazoratni qo'lga olishimizni bilardik. "Paxtakor"ga qarshi yopiq o'yin namoyish etmaymiz"

Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Aral Samali" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida 

- Dastlabki daqiqalardan raqibga bosim o'tkazib, tezkor gol urishni maqsad qilgandik. Nukusliklar katta kuch bilan himoyalanishi, biroq to'p kiritib olsak, mudofaa ochilishga majbur bo'lishini bilardik. Biroq o'yin boshidan bu vazifani uddalay olmadik. Raqib yaxshi himoyalanayotgandi, biz ham shoshmashosharlik qildik. Birinchi goldan so'ng nazoratni o'z qo'limizga oldik. 

- O'yindan avval bunday yirik natija qayd etiladi deb o'ylaganmidingiz?

- Yo'q, biroq mashg'ulotlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, biz har o'yinda shunday imkoniyatlarga ega bo'lamiz. Ko'p gol urishimizni kutmagandim, biroq bu natija yoqimli.

- O'yin davomida ikkita gol urgan Muhriddin Zoirovni 60-daqiqada almashtirdingiz. Bu o'zgarish uning jismoniy holati bilan bog'liqmi yoki zaxiradagilarga imkon berdingizmi?

- Birinchi navbatda, bu futbolchilarning muvozanatini ushlab turishga qaratilgan. Muhriddin yaxshi o'yin o'tkazdi, biroq boshqa o'yinchilarga ham o'yin amaliyoti berish uchun uni almashtirdim.

- SHogirdlaringiz birinchi bo'limda gol kiritguncha sust harakat qilishdi. Gol kiritgandan so'nggina o'yini ochildi. Buni qanday izohlaysiz?

- Yuqorida takidlaganimdek, ilk maqsadimiz tezkor gol urib olish edi. Goldan so'ng futbolchilarda erkinlik paydo bo'la boshladi. 

- Tursunqulov hamda Ergashevlarni maydonda kam ko'rardik. Bugun ularga imkon berdingiz, ular ishonchingizni oqladimi?

- Ha, bugun ikkalasi ham gol urdi. Imkoniyat berishda mashg'ulotlarda ko'rsatayotgan harakatidan kelib chiqamiz. 

- Bugun Islom Baratovni o'yinda ko'rmadik...

- Baratovni o'yin boshida boshqa poziciyada maydonga qo'ymoqchi edik, chunki u ampulasida o'zini noqulay his qilmoqda. Bugungi o'yinga tayyor bo'lmagani uchun unga dam berdik. 

- Odatda "SHo'rtan" ishtirokidagi o'yinlarda uzoq masofadan yo'llangan zarbalarni kam ko'ramiz. Bugun esa 6-gol aynan uzoq masofadan chiroyli tarzda kiritildi. Mashg'ulotlarda bu borada qay darajada ko'rsatma beriladi?

- Mashg'ulotlarda hujumga tezkorlik orqali chiqishni talab qilamiz. Uzoqdan zarba berish futbolchining o'ziga bog'liq, bunga cheklov yo'q.

- Kubok bahsida klub "Paxtakor" bilan to'qnash keladi. O'yin oldidan imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- Imkon darajada bo'lajak o'yinda to'pni o'zimizda saqlashga harakat qilamiz. "Paxtakor" kuchli jamoa, biz chempionlarga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz.

- "Paxtakor"ga qarshi yopiq o'yin namoyish etish raqibga foyda keltiradimi yoki zarar?

- Yopiq o'yin orqali juda ko'p kuch yo'qotiladi. Agar biz "Paxtakor"ga qarshi shunday o'yin namoyish etsak, ularga kuchimiz etmaydi. SHu bois o'yin muvozatini ushlashga harakat qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика