So’nggi yangiliklar

21:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 2:1 (матнли трансляция)  3 21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  14 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  2 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3

Asror Aliqulov: “Takliflar bo'ldi lekin “SHo'rtan”dan ketishni istamadim” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Takliflar bo'ldi lekin “SHo'rtan”dan ketishni istamadim”

Yozgi transfer oynasi shov-shuvli o'tishlarga boy bo'lmqoda. Ayniqsa tajribali o'yinchilarning jamoalarini o'zgartirayotgani, muxlislar orasida turli xil bahs munozaralarni keltirib chiqarmoqda.
Tajribali hujumchi Anvar Solievning “Paxtakor”sha qaytishi, Zayniddin Tojievni esa “Neftchi” bilan kelishuvga erishgani ko'pchilik uchun kutilmagan o'tish bo'ldi desa bo'ladi. Yaqinda Asror Aliqulovni ham “SHo'rtan”ni tark etishi mumkin degan gaplar ham urchiy boshladi. Ammo tajribali himoyachi kuni-kecha “Futbol Ekspress” gazetasiga bergan intervyusida jamoadan ketmasligini aytib o'tgan.

- Asror aka, xabaringiz bo'lsa kerak, yozgi transfer oynasida bir qator sezilarli o'tishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Soliev “Paxtakor”ga qaytdi, katta Tojiev esa ikkinchi davrani “Neftchi”da boshlashi aniq bo'ldi. Oxirgi paytlarda sizni ham jamoangizni o'zgaritirishngiz borasida xabarlar tarqaldi. Avvalo bunga o'zingizni yordamingizda aniqlik kiritib olsak degandik.

- Ha, chindan ham transfer oynasidagi o'tishlar qizib bormoqda. To'g'ri, menga ham oliy liganing ayrim jamoalaridan chorlovlar bo'ldi. Lekin “SHo'rtan”dan ketishni istamadim. O'zingizga yaxshi malumki, birinchi davra o'yinlaridan keyin ko'plab futbolchilar jamoamizdan ketib qolishdi va o'zlariga yangi klub topishga urinishmoqda. SHunday og'ir vaziyatda men ham “SHo'rtan”dan ketsam, bu klub uchun kuchli zarba bo'ladi va yanada qiyin xolatga tushib qolishi aniq. SHu bois har qanday qiyinchilikni sabr bardosh bilan engib jamoa uchun ikkinchi davrada ham o'ynashga qaror qildim.

- Yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli “SHo'rtan”ni etachi o'yinchilar tark etishmoqda. Lekin siz hamon jamoa bilan birgasiz. Bunga ko'proq nima turtki berdi?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoani qiyin vaziyatda tashlab ketgim kelmadi. Klub rahbarlari ham “SHo'rtan”da qolib, yordam berishim muhimligini aytishganida ularga yo'q deya olmadim.

- Davralar oralig'ida sezilarli yo'qotishlarga duch kelgan “SHo'rtan”ga mavsumning ikkinchi qismida oson bo'lmasligini, ayni paytda o'zingiz ham tushunib turgan bo'lsangiz kerak?

- Ha, tan olaman, ayni paytda oliy ligada eng kuchsiz jamoa “SHo'rtan” bo'lib qoldi. Turnir jadvalida biz bilan yonma-yon turgan “Dinamo” va “Qizilqum” yangi futbolchilarni jalb etib, tarkibini kuchaytirishga erishmoqda. Bemalol ayta olamanki, ikkinchi davrada bizga oson bo'lmaydi.

- Bosh murabbiy Zoir To'raqulov bilan suhbatlashganimizda, sizni o'ynovchi murabbiy sifatida yordam bersangiz durust bo'lishini aytgandi. Yaqin vaqt ichida murabbiylikka o'tish rejangizda bormi?

- To'g'ri, ayni paytda mashg'ulotlarda Zoir akaga yordam berib turibman. Bunga sabab bosh murabbiyning yordamchisi yo'qligidir. To'raqulov mashg'ulot chog'ida barchasiga ulgura olmaydi. SHuning uchun mashqlari bajarishda u kishiga ko'maklashyapman. Lekin hali rasman murabbiylikka o'tganim yo'q. Hozir futbol o'ynash uchun quvvati bor. Bemalol o'ynay olishimga kuchim etadi. Lekin vaqtida, hurmating borligida tugatgan ham maqul deb bilaman.

- “SHo'rtan”ning ayni paytdagi tayyorgarligi qanday kechmoqda?

- Bugungi kunda futbolchilarga qisqacha tatil elon qilingan. Yaqinda Toshkentda bo'lib, tibbiy ko'rikdan o'tdik. Nasib qilsa 23 iyuldan navbatdagi yig'inni boshlaymiz. O'shanda tarkibda ham yangi nomlar bo'lsa ajab emas.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика