So’nggi yangiliklar

23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  0 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  0 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  12 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  24 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  31 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0

Asror Aliqulov: "Superligaga chiqish yoki chiqmaslikni bilmadim, lekin oxirigacha kurashamiz" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Superligaga chiqish yoki chiqmaslikni bilmadim, lekin oxirigacha kurashamiz"

Pro liga 16-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Turon"(1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Agarda bugun g'alaba qozonganimizda imkoniyatlarimiz oshar edi. Uch kun oldin og'ir o'yin o'tkazgan edik. Futbolchilarni ruhiy va jismoniy tomongan tayyorlashga harakat qildik. Ularda g'alaba uchun ishtiyoq katta edi. Uchashuvni yaxshi boshladik, bo'lim o'rtalarida ustunlikni raqibga berib qo'ydik. Standart vaziyatlar bizning joriy mavsumdagi eng ojiz nuqtamiz bo'lib qoldi. Ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. 

Hujumga yakuniy nuqtani qo'yish ustida mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Zich himoyani yorib o'tishda mahorat talab etiladi. Bunday paytda tezroq o'ynash kerak. Tez harakat qilish, tez fikrlash ustida ko'p ishlashimiz kerakligi sezilib qolyapti. 

Birinchi o'tkazib yuborilgan golda himoyachilar aybdor edi. Raqib to'p uzatadi, kim birinchi bo'lib etib kelsa imkoniyatdan foydalanib gol uradi. Bu erda yarim metr ham rol o'ynaydi. Qisqa vaqt ichida futbolchilarni tiklashga harakat qildik, mana bugun Salohiddin Sanoqulov hali tayyor emasligi ko'rinib qoldi. U hali yosh futbolchi, Pro ligada ilk bor to'p tepyapti. Yoshlarni qo'llab-quvvatlaymiz. Keyingi o'yinga tiklanishga vaqtimiz etarlicha bo'ladi deb o'ylayman. 

Superligaga chiqish imkoniyati haqida mavsum boshida ham aytib o'tganman. Men mashg'ulotlarni olib boraman, futbolchilarning saviyasini yaxshi bilaman. Raqiblarni o'rganamiz. Maydonda katta jismoniy hajmdagi ishni bajaradigan va jamoani ortidan ergashtira oladigan futbolchi bizda etishmaydi. Bitta narsani aytishim mumkin, biz har bir o'yinda oxirigacha kurashamiz. Faqat shu tomonlama nimagadir erishishimiz mumkin. Superligaga chiqish yoki chiqmaslikni bilmadim, lekin oxirigacha kurashamiz.

Samandar SHodmonov faoliyatini yakunlash borasida o'zi qaror qabul qiladi. Tezkor futbolga jismoniy kuch kerak. Bu futbolchiga yosh tomonlama ham og'irlik tug'diradi. Qaysidir o'yinlarga bizga yordam berishi mumkin. Lekin bugungidek yuqori saviyadagi jamoalarga qarshi bellashuvlarda Samandarga qiyin bo'ladi. Imkoniyati darajasida harakat qiladi. Jamoani g'alabasi uchun borini beradi deyishim mumkin",- deydi Asror Aliqulov.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика