So’nggi yangiliklar

23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  1 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  5

Asror Aliqulov: "Superligadan ko'ra, futbolchilarni har bir o'yinga qanday tayyorlash kerakligini o'ylayapman" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Superligadan ko'ra, futbolchilarni har bir o'yinga qanday tayyorlash kerakligini o'ylayapman"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "Turon" - "SHo'rtan"(0:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilgan edik. Bu mavsum umumiy hisobda "Turon" jamoasi bilan uchinchi o'yinimizni o'tkazdik. "Turon" yaxshi shakllangan jamoa. Har turda raqiblriga jiddiy qarshilik ko'rsatadi. Jamoaning har bir chizig'ida etakchi futbolchilar bor. Himoya, yarim himoya va hujum chizig'ida tajribali futbolchilar jamlangan. Ayniqsa, markaziy hujumchi bo'ydor va ikkinchi qavatda yaxshi harakat qiladi. Standart vaziyatlarda ushbu futbolchini yo'qotib qo'ymasdan etiborliroq bo'lish kerakligini aytgan edik. Birinchi bo'limda to'pni o'zimizda yaxshi ushlab tura oldik. "Turon" ikkinchi bo'limda katta kuchni hujumga tashladi. Qarshi hujumda gol urib olganimizda bizga yanada osonroq bo'lardi. O'yinni oxirgi daqiqasiga qadar hujum qilishdan to'xtamadi. Bugun mana stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurdi. O'ylaymanki, o'yin ularga manzur keldi",- deydi Asror Aliqulov.

- "SHo'rtan" jamoasi endilikda asosiy raqiblari bo'lmish "Neftchi", "Dinamo" bilan safarda o'ynaydi. Jamoa bu o'yinlarga qay darajada tayyor?
- Biz bor etiborimizni o'zimizning o'yinga qaratamiz. Futbolchilarning o'zida ishonch bo'lmasa, biz ularni almashtirishga majbur bo'lyapmiz. Barqarorlik bo'lmasligi mumkin. Keyingi o'yinlarda har tomonlama tayyor bo'lgan futbolchilarni tushirishga harakat qilamiz. Oldindan nima bo'lishini aytish qiyin. Jamoamizda Superligada o'ynagan futbolchilar ham bor. Lekin, tarkibimiz asosan yosh futbolchilardan tarkib topgan. Pro ligada o'ynamagan futbolchilar ham bor. Bunday o'yinlarga birinchi navbatda futbolchilar o'zlarini o'zlari tayyorlashi kerak. Xatolar qilishmasa raqibga ham imkon berishmaydi.

- Ortda qolgan o'yinlardan kelib chiqib Superligaga nechchi foiz chiqdik deb o'ylaysiz?
- Yilni boshida biz ozgina shoshma-shosharlik qildik, davralar oralig'ida biz yanada kuchayishimiz mumkin edi. "SHo'rtan"ning avvalgi qarzdorliklari sabab taqiq qo'yilgan. SHu bois o'zimizga kerak bo'lgan futbolchilarni ololmadik. Superligadan ko'ra, futbolchilarni har bir o'yinga qanday tayyorlash kerakligini o'ylayapman. Buni uddalaymizmi yoki yo'qmi yilni oxirida ko'ramiz. Ikkita o'yinda yutdik degani oldindagi o'yinlarda g'alabali seriyani davom ettirishimizni anglatmaydi. CHunki, barqarorlikka erishish qiyin bo'lmoqda. Bugun ham ikki xil taym guvohi bo'ldik. Futbolchilarimizda ozgina tajriba bo'lganida qarshi hujumlarda gol urishimiz mumkin edi.

- Futbolchilaringiz bugun ataylab vaqt cho'zishgandek taassurot qoldirdi....
- Bunday ko'rsatma bermayman. Avvalo futbol o'ynash kerakligini aytaman. Biz yangi jamoa shakllantiryapmiz, ularni katta futbolga tayyorlayapmiz. Tezkorlik bilan fikrlash va harakat qilish kerakligini tushuntiryapmiz. Vaqt cho'zish va boshqa narsalarga ahamiyat bermaymiz.

- O'tgan mavsum "Mashal" jamoasini Pro ligadan Superligaga olib chiqdingiz. Muxlislar "SHo'rtan"dan shuni kutishmoqda. Sizni Pro ligadan elitaga olib chiqadigan murabbiy deya tariflashmoqda. Sizni munosabatingiz qanday?
- Muxlislarni hurmat qilaman. Lekin unday o'ylamayman. O'tgan yili "Mashal"da tarkib yosh bo'lishiga qaramasdan o'zingizni kuchliroq murabbiy sifatida his qilardingiz. "Mashal"da 20dan ortiq yosh va yaxshi saviyadagi futbolchilar bor edi. "SHo'rtan"da jamoamizni kuchaytira oladigan futbolchilarni ololmaganimiz tasir qildi. Vazifam murabbiy sifatida futbolchilarimni har bir o'yinga tayyorlash. Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatsa murabbiylar shtabining yutug'i bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика