So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Asror Aliqulov: "Sho'rtan" Superliga darajasidagi jamoa, kelasi yil yana qaytishimiz kerak" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Sho'rtan" Superliga darajasidagi jamoa, kelasi yil yana qaytishimiz kerak"

Superliga 30-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Sho'rtan" (3:3) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Birinchi navbatda gollarga boy o'yin ko'rdik. O'ylaymanki, muxlislarga juda yoqdi. Birinchi bo'limda ko'proq himoyaga etibor qaratdik, ikkinchi taymda esa hujumga urg'u berib g'alaba qozonishni xohladik. Ammo oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib g'alabani boy berib qo'ydik.

- O'yin davomida ko'rdikki, "Sho'rtan" har qanday vaziyatdan chiqib keta olishini ko'rsatdi. Qiyin holatda hisobni tenglashtirdi, keyin hisobda oldinga chiqib oldi va oxirida yana gol o'tkazib, ammo yutqazmadi. Shu payt ichingizdan nimalar o'tdi?

- Futbolchilarga har doim oddiy xatoga yo'l qo'ymaslikni uqtiramiz. Keraksiz joyda qoida buzmaslikni doim aytamiz. Afsuski, bugun shu kabi xatolar sabab g'alaba qozona olmadik.

- Bugun o'zbek futbolida yangi tarix yaratildi. Yani ilk bor Superliga bahsini ayol hakamlar boshqarib bordi. Bu borada fikringiz?

- Iliq fikrdaman. Baribir xayoldan ayol hakamlar boshqarsa xato ko'p bo'ladi, vahimaga tushib qolish holati kuzatilsa kerak degan fikr o'tadi. Lekin o'yinda ko'rdikki, hakamlar yaxshi ishlashdi. To'g'ri, qaysidir holatda xato bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin umuman olganda ayol hakamlarimiz uchrashuvni yaxshi boshqarishdi.

- Mana mavsum ham tugadi. Endigi rejalar qanday?

- Afsuski, Proligaga tushib ketdik va jamoani yana Superligaga qaytarishimiz kerak. Klubimiz rahbariyati klub uchun astoydil mehnat qilmoqda. Men ham jamoada qolib "Sho'rtan" uchun bor kuchimni berib ishlashda davom etaman. "Sho'rtan" Superliga darajasidagi jamoa, kelasi yil yana qaytishimiz kerak.

- "Sho'rtan"ni qabul qilishga nima turtki bergandi, vaholanki jamoa oxirgi o'rinda edi?

- Har bir murabbiy jamoani ko'tarish maqsadida ish boshlaydi. Men ham shu maqsadda kelganman. Eng muhimi, qo'lni tushirmasligimiz kerak edi. Menimcha, oxirigacha kurashdik deb o'ylayman. Yarim mavsumdan beri jamoa bilan birgaman va bir-birimizni ancha yaxshi tushunib oldik.



Reyting:    

Fikrlar

+1   
29 noy 22:03:47
Farhod Uktamovich
Кеч уйгонди да Шуртан, келаси мавсум про-лига голиби булиб, келгуси йил супер- лигада кутиб коламиз, Шуртан супер лига клуби аслида
   
30 noy 07:22:26
Бахтиёр Ашуров
Таминотга яраша натижа. Асрор ўзи яхши мураббий. Шунчаки тамнот масаласи шўртанда яхши эмас!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика