So’nggi yangiliklar

18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  5 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  0 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  1 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  4 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  6 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  4 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  7 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  28 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  3 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  27 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0

Asror Aliqulov: "SHogirdlarimga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "SHogirdlarimga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman"

G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lubiyatga uchratib O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga yo'llanma oldi.

Mezbonlarning irodali g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng "SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam og'ir bahsni o'tkazdik. "Neftchi" jamoasini himoyada va qarshi hujumga tayangan holatda o'ynashini bilardik. Lekin, bu qadar chuqur himoyalanishini kutmagandik. Raqib bo'sh hududlar qoldirmadi. Qolaversa futbolchilarda hayajon kuchli bo'ldi. O'yinchilarimning mahorati kamligi sabab birinchi bo'limda aksariyat hujumlarga yakuniy nuqtani qo'yishni eplay olmadik. Yutqaza turib yakunda g'alaba qozonishimizning bosh omili shogirdlarimning shijoati deb o'ylayman. Oxirigacha kurashishgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Joriy mavsumda G'uzordagi birinchi uchrashuvimizni o'tkazdik. O'ylaymanki, muxlislar bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishdi va qo'llab-quvvatlashdi. Onlayn kuzatib boradigan muxlislar uchun ham g'alaba qozonishimiz kerakligini bollarga uqtirgandik. G'alaba qozondik. Baribir maydonda yigitlarda hayajon sezilib turdi. 

Ushbu bellashuvdan keyin asosiy tarkib futbolchilarining tiklanishiga etibor qaratamiz. Boisi, ular katta kuch yo'qotishdi. Karantindan keyin futbolchilar hali sport formasida emas. "Istiqlol" bilan kechadigan o'yinga imkon boricha har tomonlama tayyorlashga harakat qilamiz. Raqib tarikibida bir qator nomdor futbolchilar bor. Qiyin o'yin kutib turibdi. 

Jasur bizni asosiy hujumchimiz hisoblanadi. Sariq kartochka olganidan keyin unga kontaklarga bormasligini aytdik. Ikkinchi sariq kartochkani olmasidan oldin uni almashtirmoqchi edik. Endi qisqa vaqt ichida uni o'rniga boshqa futbolchini tayyorlaymiz. 

Beshta almashtirish futbolchilarning jarohat olmasligi uchun joriy etildi. Karantindan keyin o'yinchilarga to'qson daqiqa to'liq harakat qilish oson bo'lmaydi. Biz ham barcha o'zgarishlardan foydalanmoqchi edik. Lekin, qizil kartochka rejalarimizni buzib yubordi. 

Himoyachilarimizga raqib safida qanotda tezkor driblinga ega futbolchilar o'ynashini aytgandik. Penalti belgilangan vaziyat himoyachilarning xatosi sabab yuz berdi. O'sha vaziyat golga olib bormasdi. Oxirigacha kuzatib borish kerak edi. Nari borsa to'p oshirish bo'lardi. 

"SHo'rtan" oldiga jamoani shakllantirish va Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. "Mashal" bilan buni uddaladik. Ularda akademiyasidan iqtidorli futbolchilar etishib chiqmoqda. Hozirgi kundagi bosh maqsadimiz jamoani shakllantirish va imkon qadar elitaga olib chiqish",- deydi Asror Aliqulov.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика