So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  7 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Asror Aliqulov: "Qo'qon-1912"ga qarshi 1-tur o'yinida bosimsiz harakat qilishimiz kerak" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Qo'qon-1912"ga qarshi 1-tur o'yinida bosimsiz harakat qilishimiz kerak"

Bugun OKMK – "Mashal" (1:3) nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulovdan intervyu oldik. 

- "Mashal"ning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirsangiz...

- Aytish mumkinki, bu mavsum oldidan oxirgi o'yinimiz edi. Tayyorgarlik etarli darajada bo'ldi. Bugun tarkibga qo'shib olishimiz mumkin bo'lgan oxirgi futbolchini ko'rikdan o'tkazdik. Bu bo'yicha murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib, bir qarorga kelamiz. Pro ligada ham transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun qoldi (transfer 28 fevral kuni yopiladi – tahr.). SHu kungacha holatimizni yaxshilashga harakat qildik, bir nechta o'rtoqlik o'yinlarida qatnashib, kamchiliklarimizni bilib oldik. 

- Pro liga 1-turi "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tadi. Birinchi o'yinda hammaga qiyin bo'ladi...

- Har tomonlama qiyin o'tadi. O'tgan yili tarkibimizda bo'lgan 4 nafar futbolchi "Qo'qon-1912"da o'ynaydi. Yo'qotgan o'yinchilarimiz o'rnini qanchalik to'ldirdik, o'yin ko'rsatadi. Asosiysi, bosimsiz harakat qilishimiz kerak.



- Pro ligadan qanday raqobat kutyapsiz?

- Raqobat yildan yilga kuchaymoqda. Bu yil jamoalar kamligiga qaramay, ko'pchiligi o'z oldiga malum maqsadlarni qo'ygan. Superligada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilar Pro ligada qo'nim topyapti, legionerlar soni ham ortib bormoqda. 

- Afrikalik futbolchilar jamoani qanchalik kuchaytira oladi?

- Ular jamoaga moslashib olishlari kerak. Bizni o'ylayntirayotgani – ularning jismoniy holati. 

- "Mashal" bu yil chempionlik uchun kurashadimi? Jamoa maqsadi nimalardan iborat?

- Maqsadimiz – raqobatbardosh jamoa bo'lish. Muxlislar jamoaning Superligaga chiqishini sog'ingan. Biz tarkibimiz qanday bo'lishidan qati nazar bu uchun kurashamiz.

Eslatib o'tamiz, Pro liga 1-turi doirasidagi "Mashal" – "Qo'qon-1912" bahsi 12 mart kuniga belgilangan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика