So’nggi yangiliklar

22:53ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона". Жавоб учрашуви учун таркиблар аниқ!  4 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  2 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  18 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  5 17:47Ўзга олам вакиллари  8 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  11

Asror Aliqulov: “O'zbekiston Liga kubogi kerakli musobaqa. Ushbu turnirning davomiy bo'lishini xohlayman” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “O'zbekiston Liga kubogi kerakli musobaqa. Ushbu turnirning davomiy bo'lishini xohlayman”

O'zbekiston Liga kubogi 2-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mashal” (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Mashal” bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

=So'zim avvalida jamoamizga qulay sharoitlarni yaratib, bizni munosib tarzda kutib olgan “Navbahor” klubi rahbariyati va xodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
O'yin borasida to'xtaladigan bo'lsam, Superliga va Pro-liga jamoalari o'rtasida katta farq bor. SHu bois, mazkur bahsda qarshi hujumga tayangan holda o'yin tashkil etishni rejalashtirgandik. Qandaydir manoda o'z niyatimizga erishdik. Ammo maydon markazidagi xatolar evaziga o'z darvozamizdan 2ta to'p o'tkazib, yuborib, mag'lubiyatga uchradik. SHunday bo'lsa-da, shogirdlarim Superliganing etakchi klubidan biriga munosib qarshilik ko'rsata olishdi va bundan xursandman.

“Navbahor”ni esa bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

O'zbekiston Liga kubogi kerakli musobaqa. Ushbu turnirning davomiy bo'lishini xohlayman. To'g'ri, Superliga jamoalari asosiy etiborni chempionat o'yinlariga qaratishadi. Lekin zaxira o'rindig'idagi futbolchilarning qanday mahoratga ega ekanliklarini ko'zdan kechirish uchun ushbu musobaqa bahslarida ularga imkoniyat berish lozim.

Joriy mavsumda jamoamiz oldiga klub rahbariyati tomonidan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish maqsadi qo'yilgan. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz. Har bir o'yinda maydonga g'alaba ishtiyoqida tushamiz. Mavsum yakunida esa natijasini ko'ramiz.

“Mashal” akademiyasi borasida to'xtaladigan bo'lsam, oldingiga nisbatan akademiyadagi sharoitlar ancha yaxshilandi. Yaqinda qabul boshlanadi. Niyatimiz “Mashal” akademiyasida yana iqtidorli futbolchilarni tarbiyalab, terma jamoalarga etkazib berish.

Orada klubimizda biroz moliyaviy qiyinchilik yuzaga keldi va shunda jamoa rahbariyati akademiya futbolchilariga boshqa klublarda ham o'ynash imkoniyatini taqdim etdi. Umuman olganda, rahbariyat “Mashal” akademiyasini tamomlagan futbolchilarning taqdirlariga befarq emas va ularga jamoa topish borasida ham ish olib boradi.

Hozir jamoamizda akademiyamiz tarbiyalanuvchilaridan 2001 yili tavallud topgan bir qator iqtidorli futbolchilar bor.

Aytgancha, bugungi o'yinda jamoamiz tarkibida maydonga tushgan darvozabon Dostonbek To'xtaboev va chap qanot himoyachisi Doniyor Umarov namanganlik futbolchilar hisoblanishadi. Ular “Mashal” akademiyasida tahsil olishgan va tarkibga yaqinda qo'shilishdi.

O'z navbatida takidlash joizki, “Navbahor”ning ayni paytdagi etakchilaridan biri bo'lgan Mirzohid G'ofurov ham bir paytlari “Mashal” tarkibida ancha yil o'ynagan.

Umid qilamizki, “Mashal” akademiyasi yana avvalgi obro'sini tiklaydi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика