So’nggi yangiliklar

14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  0 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0

Asror Aliqulov: "O'yindagi tezlik va shiddat muxlislarga manzur keldi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "O'yindagi tezlik va shiddat muxlislarga manzur keldi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "SHo'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda bizning jamoa yaxshi ko'rindi. Ikkinchisida esa aksincha, "Buxoro" ko'proq himoyalanishga majbur qildi, deya olaman. Oxirgi uchrashuvlarda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborayotgan edik. Himoyachilarga har bir daqiqada diqqatni yo'qotmaslikni, ikkinchi to'pda raqib futbolchilariga uzroqdan zarba yo'llashga to'sqinlik qilishimizni aytgandim. O'yindagi tezlik, shiddat muxlislarga manzur kelgani shubhasiz. Futbolchilarim maydonda ko'p ter to'kkani hisobiga hisobni saqlab qolishga erishdik, deb o'ylayman",- deydi Asror Aliqulov. 

- "SHo'rtan"da nomdor futbolchi yo'q. Kam sonli tajribali futbolchilardan biri Davron Isoqovning o'ynamayotgani nima bilan bog'liq?

- To'g'ri aytdingiz. Biz ko'proq jamoaviy o'yinga ahamiyat beramiz. Qanotlarimizda Davronga to'p uzatadigan futbolchilar yo'q. Balansni ushlagan holda tarkib tanlayapmiz. Hozirda Davronning jismoniy holati himoyalanishga etmaydi. Jamoaning o'rtacha yoshi 22, 23 atrofida. Bu yil boshqa jamoalardan ham futbolchi jalb qildik. Yildan yilga sharoitlarimiz yaxshilanib boryapti. 

- Jamoa ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishladi?

- Bu so'zni ko'p ishlatgim kelmaydi. Maydonda yaxshi o'ynab yutqazishingiz mumkin. O'yinda kuchimiz etsa, hujum qilib gol urishga harakat qilamiz. Raqib bosim o'tkazsa, himoyalanishga etibor qaratamiz. 

- Homiylar tomonidan jamoaga maqsad qo'yilganmi?

- Yo'q. O'zimizning maqsadimiz futbolchilarni tayyorlash va kuchli beshlikka kirish. 

- "Buxoro"ni kuchli, deb hisoblaysizmi?

- "Buxoro" yaxshi jamoa. Tarkibida mahoratli ijrochilar ko'p. 

- Ikkinchi bo'limda futbolchilaringizda hayajon sezildi. Gol o'tkazib yuborishdan qo'rqishgandek tuyuldi...

- Bu tajribasizlikdan. Mashg'ulotlarda harakat qilamiz. Maydon tashqarisida hadeb gapirish kerak emas. O'zlari tezkor qaror qabul qilishlari lozim. 

- Hakamlar bilan ko'p tortishuvlar bo'ldi...

- O'zim ham himoyachiman. Hakam yon tomonida turibdi. Futbolchimiz tanasi bilan to'pni to'smoqda. U paytda jarima zarbasi qo'yilmoqda. Ro'zimboy Ahmedov bizni futbolchiga blok qo'yib to'pni suryapti. Ikki hil qaror. Ushbu uchrashuvda bizning futbolchilar raqibga tezlik tomondan qarshilik ko'rsata olishmadi. "Buxoro" futbolchilari oxirigacha kurashdi. Murabbiy yaxshi tayyorlagani ko'rinib turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика