

Asror Aliqulov uchun bu uchrashuv Oliy ligadagi 500-o'yin bo'ldi.
Tajribali himoyachi Oliy ligada eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchi hisoblanadi.
Asror Aliqulov o'z vaqtida "Nasaf", "Paxtakor", "Dinamo" hamda "Sho'rtan" jamoalari safida harakat qilgan.
O'zining sobiq jamoasi "Paxtakor"ga qarshi bahs Aliqulov uchun unutilmas kun bo'ldi. Asror Aliqulov Oliy ligada 500ta uchrashuv o'tkazgan birinchi futbolchi bo'lib tarixdan joy oldi.




