So’nggi yangiliklar

23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  0 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  3 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  19 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  5 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  118 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13

Asror Aliqulov: "Homiyimiz kimligini ham bilmaymiz" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Homiyimiz kimligini ham bilmaymiz"

Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "Qizilqum"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "SHo'rtan" ustozi Asror Aliqulov fikrlarini bildirdi.





- Pro-liga jamoasi bo'lsak-da, Superliga jamoasiga qarshi munosib o'ynashga harakat qildik. Futbolchilarimning potenciali bor. Raqibga muammolar tug'dirish qiyin bo'lmadi. Biroq so'nggi daqiqalarga kelib, futbolchilar charchab qolishdi. Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olishmadi. SHu sababli biz vaziyatlar yaratishga qiynaldik, noto'g'ri paslarimiz ko'payib ketdi.

- Ushbu bahs orqali Superliga va Pro-liga o'rtasidagi farq qandayligi sezildimi?
- Farq juda katta. Ko'rgan bo'lsangiz, futbolchilar yakkakurashlarda qiynalmoqda va mag'lub bo'lmoqda. "Qizilqum" ushbu mavsum Superligada munosib ishtirok etmoqda. Legionerlarning sifati yomon emas. SHuning uchun futbolchilarning mahoratida farq sezilib qolmoqda. Maydonda ularga qarshilik ko'rsatish Pro-liga futbolchilariga oson emas.

- 2010 yili "SHo'rtan" aynan shu bosqichda "Qizilqum"ni musobaqadan chiqarib yuborgandi. O'sha "SHo'rtan"ni qaytarish mumkinmi?
- So'nggi 2 yilni "SHo'rtan" turli xil taqiqlar ostida o'tkazmoqda. Klubning moliyaviy holati sababli mashg'ulotlarda va boshqa jabhalarda qiyinchilikka uchrayapmiz. Hatto homiyimiz kimligini ham bilmaymiz. Rahbariyat hozirda bu borada ish olib bormoqda.

- Guruh bosqichidagi "Qizilqum" bilan hozirgi "Qizilqum" o'rtasida qanday farq bor?
- "Qizilqum"ning so'nggi o'yinlarini kuzatganimda jamoa futbolchilari to'pni o'zida yaxshi ushlab tura olishini ko'rdim. "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinni ko'rib chiqdim. Mashg'ulotlar davomida raqibdan to'pni olib qo'yish borasida ko'p ishladik. Ammo o'yinda buni uddalay olmadik. Futbolchilarning saviyasidagi farq kattaligi ko'rindi.

- "SHo'rtan"ning maqsadi qanday?
- Taqiq ostida biz ishladik. Barcha qarzlar to'landi. Endi biz yosh futbolchilarni tarbiyalashga va yaxshi jamoa tuzishga harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика