So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Asror Aliqulov: "Futbol – bu madaniyat. Raqib darvozaboni o'zini boshqacharoq tutishi kerak edi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Futbol – bu madaniyat. Raqib darvozaboni o'zini boshqacharoq tutishi kerak edi"

Pro liga to'rtinchi turidan o'rin olgan "Mashal" va "SHo'rtan" (2:0) o'rtasidagi derbidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Derbi har doim og'ir, kurashlarga boy bo'ladi. Kutganimizdek ham bo'ldi. Futbolchilar hissiyotlarini jilovlay olmay qolgan vaziyatlarni guvohi bo'ldik. O'ylaymanki, haqli g'alaba qayd etdik. O'yin tomonlama "SHo'rtan"ning hujumlariga tayyorgarlik ko'rgandik. Rejalarimiz o'z samarasini berdi. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. 

- "SHo'rtan" uchun "Mashal" noqulay raqibmi yoki Asror Aliqulovmi?

Raqib tanlanmaydi. Har bir o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Baribir, asosiy ishni futbolchilar qilishdi. Bazi futbolchilarimiz avval "SHo'rtan" safida ham harakat qilishgan, bu ham o'z navbatida bizga yordam berdi. Futbolchilarim bugungi derbiga o'zlaridagi 100% kuchdan ham ko'prog'ini sarflashdi. Bu faqat murabbiyni g'alabasi emas.

- Uchrashuv so'nggida asabiy holatda maydonni tark etdingiz. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Darvozabon bizni futbolchiga ochiqdan ochiq zarba berdi. Futbol – bu madaniyat. Qonun-qoidalar mavjud. Muxlislar kuzatishmoqda, internet orqali qanchadan qancha inson kuzatmoqda. Fikrimcha, darvozabon o'zini boshqacharoq tutishi kerak edi. O'sha zarba meni asabiylashishimga sabab bo'ldi.

- "Mashal" keyingi bahsni Buxoroda o'tkazadi. "Buxoro" va "Mashal"da ochkolar teng. "Buxoro"ga qarshi o'yin qanday kechadi deb o'ylaysiz?

- "Buxoro" tarkibida tajribali o'yinchilar bor. "Buxoro"ga qarshi o'yin qanday bo'lishi haqida hali reja tuzamiz. Bu o'yinda biz kurashamiz va o'zimizga kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz.

- Bu yil jamoada qanday yoshlar porlab chiqadi deb o'ylaysiz?

- Tarkibimizda yaxshi o'yinchilar ko'p. Yoshlar bilan ishlash va shu bilan birga yaxshi natija ko'rsatish biroz qiyin bo'ladi, ammo "Mashal"ning avvalgi mavqeidan kelib chiqib, buni uddalashga harakat qilamiz. Hozir aniq familiyalarni ayta olmayman. Mavsum yakunida barchasi aniq bo'ladi.

- Asror aka, siz "SHo'rtan" murabbiyi sifatida "Mashal"ni, "Mashal" murabbiyi sifatida "SHo'rtan"ni mag'lub qilgansiz. Bu narsa bir necha marta takrorlangan. Buning siri nimada? 

- Bu faqat meni ishim deb aytmagan bo'lardim. Eng muhimi futbolchilarning maydondagi ijrosidir. Murabbiylar shtabimiz tomonidan bugungi qo'llanilgan taktika g'alabaga sabab bo'ldi. Bu narsa aynan menga bog'liq deya olmayman. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика