Asror Aliqulov: "Bunday maydonda jarohat olish darajasi yuqori bo'ladi"
23 may 2024 22:46
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Bunday maydonda jarohat olish darajasi yuqori bo'ladi"
- O'yin haqida
- Kurashlarga boy o'yin o'tkazdik. Bunday uchrashuvlarda xarakterga asosiy urg'u qaratiladi. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratdik, biroq gol ura olmadik. Xatolikka yo'l qo'ydik va shuning oqibatida penaltidan jazolandik.
Ikkinchi bo'limda hujumlar tashkil qildik. Mezbonlar yaxshi himoyalanishdi, shuningdek vaqt cho'zishga ham harakat qilishdi. Gol urdik, biroq g'alabagacha vaqt etmadi. Bu durang qaysi jamoa uchun kerak edi, bilmadim. Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik qilishda davom etamiz.
- "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin bilan taqqoslasak, tarkibda qator o'zgarishlarga qo'l urdingiz. Buning sababi nima?
- "Qo'qon-1912" bilan uchrashuvda yaxshi o'yin tashkil qilgandik. Standart vaziyatlarda gol o'tkazib yubordik. "Aral" jamoasida ham ustun jihatlar standartlar hisoblanadi. SHularni hisobga olgan holda tarkibga o'zgartirishlar kiritdik.
- "Mashal" 15 kun ichida 5 ming kilometrlik masofani bosib o'tdi. Bunda futbolchilarda jismoniy charchoq kuzatildimi?
- CHarchoq bo'ladi albatta. Uzoq yo'l bosib kelinganidan so'ng tiklanish uchun vaqt sarflanadi. Nukusda futbolni yaxshi ko'rishadi. Biroq, jamoa o'z o'yinlarini suniy stadionda o'tkazayapti. Bunday maydonda jarohat olish darajasi juda yuqori bo'ladi. Kiyinish xonasida ko'rdim, futbolchilarning oyoqlari shilinib ketibdi. "Aral" jamoasini ham tezroq sifatli va tabiiy maydonlarda o'ynashini juda istaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar