So’nggi yangiliklar

14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  2 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  0 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  2 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  1 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  4 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  7 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7

Asror Aliqulov: "Biz Superligada eng kam smetaga ega bo'lgan klubmiz, biroq..." Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Biz Superligada eng kam smetaga ega bo'lgan klubmiz, biroq..."

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda Superliga starti bilan bog'liq futbolchilarda hayajon kuzatildi. Kirishib ketishda qiyinchiliklarga duch keldik. "Dinamo"ning kuchli tomoni qanotlar. Biz ko'proq qarshi hujum maqsadi bilan reja tuzgandik. Bo'lim oxirida o'tkazib yuborilgan gol boshqacharoq uslubga olib keldi. Vaziyatlar yarata oldik, biroq gol urish nasib etmadi. Birinchi o'yin uchun yomon o'yin ko'rsatmadik. 

- "Mashal"ning joriy mavsumdagi rejalari qanday?

- Sharoit borasida muammo yo'q. Biz Superligada eng kam smetaga ega bo'lgan klubmiz, biroq bu amalda hech narsani anglatmaydi. Klub uchun qo'yilgan talab Superligaga chiqdikmi, munosib o'ynash. "Mashal" baribir o'zining avvalgi mavqeiga qaytadi.



- Jamoa o'zbek futboliga juda ko'p nomlarni etkazib bergan. Bu amaliyot hozir ham davom etayaptimi?

- Qisqa vaqtda biz Superligaga chiqdik. Yoshlarga tajriba kerak, bu katta o'yinlarda sezilib qolayapti. Biz jamoa yoshlarini katta futbolga tayyorlash uchun mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. U-21 va U-19 jamoamizda yosh iqtidorli futbolchilar bor, biz "Mashal"ni avvalgi davrlardagi kabi yangi nomlarni etkazib berishi ustida ishlayapmiz.

- Jamoa akademiyasi yopilayotgani haqida xabarlar rostmi?

- Qiyinchiliklar bo'lgani rost. Lekin hozir akademiya to'liq hajmda ishlamoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика