Asror Aliqulov: "90 daqiqa o'z o'yinimizni o'ynadik"
30 sen 2019 22:22
Yangiliklar


Asror Aliqulov: "90 daqiqa o'z o'yinimizni o'ynadik"
A Pro-liga 22-turidan o'rin olgan "Mashal" - "SHerdor" (7:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlari bildirdi.
"To'rtinchi davra boshlanishidan oldin bizda ozroq vaqtimiz bo'ldi va biz bo'lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. O'ylaymanki qoniqarli natijaga erishmoqdamiz.
Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, biz tezkor xujum va pressing qo'llab jamoani to'psiz qoldirish va tezkor gol kiritishni maqsad qilgan edik, qaysidir manoda buni uddaladik. Uchrashuvda 90 daqiqa o'z o'yinimizni o'ynadik. “SHerdor” jamoasi pastki o'rinlarda bo'lsa ham bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. Bu yosh jamoa hali qolgan uchrashuvlarda o'z so'zini aytadi, - deydi Aliqulov.
Bunyod Andaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar