Asror Aliqulov: "11ga 11 o'ynaganimizda, o'zimizga kerakli natijaga erishgan bo'lardik"
22 apr 2023 19:51
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "11ga 11 o'ynaganimizda, o'zimizga kerakli natijaga erishgan bo'lardik"
Aliqulov: "O'yinga tayyorlanish jarayonida raqibning turnir jadvalidagi o'rni, ularga g'alaba suv va havodek muhimligini tushunib, futbolchilarga ehtiyot bo'lishni uqtirdik. Qizil kartochka olgan futbolchimizning dastlabki sariq kartochkasini bermasa ham bo'lardi. Ikkinchisida futbolchining o'zi xato qildi. Yaxshi himoyalanayotgandik. Oxirigacha harakat qildik, biroq kuchimiz etmadi.
- Bugun ko'rsatilgan ikkita qizil kartochka haqida fikringiz.
- Bazi to'qnashuvlarda "So'g'diyona" futbolchisi kechirildi, biznikilarni esa ayamadi. Qaytaraman, o'sha birinchi sariq kartochka menimcha ortiqcha edi. Keyin futbolchimiz xato qildi. O'yin oxiridagi kartochkalar - hakam qaroridan so'ng futbolchilarning hissiyotlariga tasiri oqibati deb o'ylayman. Bugun 11ga 11 o'ynaganimizda, o'zimizga kerakli natijaga erishgan bo'lardik.
Fikrlar