So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  19 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  1 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  0 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  11 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  4 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  3 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2

Asr loyihasi yoxud "Donolar vodiysi" Yangiliklar

Asr loyihasi yoxud "Donolar vodiysi"

Germaniya Futbol Ittifoqi yaqinda yangi futbol akademiyasi barpo etilishi haqida elon qildi.

Bu haqda GFI (DFB) rasmiy sayti alohida yozib chiqdi.

O'tgan yilning kuz faslida Frankfurtda o'tkazilgan futbol tahliliga bag'ishlangan kongressda Oliver Birxoff bu akademiyani "Asr loyihasi"ga qiyoslagandi.

Oliver Birxoff tabiri bilan aytganda, yangi barpo etilajak "asr loyihasi", yani "donolar vodiysi" deya nomlanayotgan loyiha aslida qanday bo'ladi?

Joriy yil Frankfurtda qurilishi boshlanadigan akademiyaga Germaniya Futbol Ittifoqi 150 million evro sarflaydi. Bu Germaniya futboli kelajagi uchun kiritilayotgan eng katta sarmoya bo'ladi.

Maqsad - Germaniyani futbol olamida etakchi tahliliy hududga aylantirish. Futboldagi yangi texnologiyalar, murabbiylarni o'qitish, futbolchilar tayyorlash, skautlar va hakamlarni o'qitish bo'yicha ham eng yuqori darajaga chiqish.

Bu loyiha orqali nemislar Germaniya futbolining kelajakdagi bo'lajak muvaffaqiyati sirini ko'rishmoqda.

"Donolar vodiysi" akademiyasi bu shunchaki bino emas, balki ajoyib g'oyadir"
(c) Oliver Birxoff.

Germaniyada bu loyihani kelajakda amalga oshirish 2013 yili rejalashtirilgan.

Germaniya Futbol Ittifoqidagi Akademiya sonlarda:

220 konferenciya zal.
*
Matbuot anjumani zalining o'lchami - 191 kvadrat metr
Akademiyaga 15 gektar er-maydoni ajratiladi
Bosh bino 4 qavat bo'ladi

Akademiya 3ta hududga ajratiladi:
1. O'qish
2. Rivojlanish va innovaciya
3. Milliy terma jamoalar

SHuningdek, akademiya hududida bir nechta futbol maydoni - 4ta tabiiy chim yotqizilgan (3ta katta maydon, 1ta kichik), 1ta suniy qoplamali va 1ta plyaj maydoni bo'ladi.

"Barchasi bir tom ostida" - loyiha rahbarlarining asosiy g'oyasi shunday nomlanadi.

Akademiyada barcha sport turlari bilan shug'ullanish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro konferenciyalar uyushtiriladi, uchrashuvlar, tadqiqot, ish jarayonini boshqaruv tizimi ham yaratiladi. Akademiyada umumiy hisobda 543 ish o'rni yaratiladi.

"Pullar nafaqat gollarni uradi, balki istedodlarni ham kashf qiladi", - deydi Germaniya Futbol Ittifoqi prezidenti Raynxard Grindel.

Germaniyada Angliya, Franciya, Ispaniya va Portugaliya kabi o'smirlar terma jamoalarida kuzatilayotgan o'sish, sharoit va imkoniyat yo'q.

SHu munosabat bilan GFI prezidenti Raynxard Grindel quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Agarda bu kabi pullar bo'lmasa, unda ayyorroq bo'lmoq lozim. SHu boisdan ham bizga yangilangan Germaniya Futbol Ittifoqi va yangi akademiya zarur. Bu loyiha Germaniya futboli uchun yana bir oldinga tashlangan qadam bo'ladi. Barchasi bir tom ostida bo'ladi. O'smirlar terma jamoasidan tortib toki Milliy terma jamoaga qadar hamma bir joyda bo'ladi. Tajriba va bilim almashishadi. Murabbiylar ham hamkasblaridan o'zlariga kerakli maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Germaniya Futbol Ittifoqi nafaqat turli yoshdagi terma jamoalarga, balki havaskor futbolga ham alohida etibor qaratadi. CHunki ko'plab iqtidorli yoshlar futboldagi ilk qadamlarini noprofessional, havaskor klublarda boshlashadi. Ularga ham etiborli bo'lish kerak. Kichik jamoalarga qancha ko'p yosh futbolchilar kelishsa, shunda yangi istedod sohiblarini saralab olish imkoniyati kengayadi. Havaskor jamoalar ham jahonga yirik iqtidorlarni kashf qilib berishlari mumkin. SHu sababdan ham Germaniya Futbol Ittifoqi "Donolar vodiysi" loyihasi orqali havaskor futbolga ham jiddiy etibor qaratadi", - dedi Raynxard Grindel.

Germaniya Futbol Ittifoqining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

BIRINCHIdan, akademiyadagi barcha personallarni o'qitish va kvalifikaciyani oshirish. Gap faqat murabbiylar haqida ketmayapti, balki skaut va tahlilchilar ham nazarda tutilmoqda. CHunki futbolda skaut va tahlilchilarning tutgan o'rni yuqori ahamiyatga ega. Har qanday kichik detal mag'lubiyat yoki g'alabaga bosh sababchi bo'lishi mumkin. Aynan shu falsafa asosida Germaniya Futbol Ittifoi (DFB) ish yuritadi.
SHuningdek, hakamlar tayyorlash bo'yicha ham alohida dastur ishlab chiqiladi.

IKKINCHIdan, milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish. Har qaysi xodim, murabbiy yoki tahlilchiga ishlashi uchun barcha kerakli sharoitlar yaratib beriladi. Futbolchilar uchun ularni o'sishlarini, natijalarini kuzatib va ko'rsatib boradigan maxsus dastur ishlab chiqiladi.

UCHINCHIdan, futbolga kirib kelayotgan yangi texnologiyalarni yo'lga qo'yish va ulardan unumli foydalanish. Akademiyada bir qancha hududlar bo'yicha alohida (Ruhiyat, tibbiyot va hokazo) ekspertlar guruhi ishlaydi. SHuningdek, akademiyaning o'zining yangi texnologiyalar va dasturlar bilan jixozlangan laboratoriyasi bo'ladi. Bosh homiy etib esa SAP tanlangan.

SHu tariqa Germaniya Futbol Ittifoqi o'zining "Donolar vodiysi" deya nomnalanayotgan futbol akademiyasini barpo etmoqchi.

DFB "Futbolni qanday o'ynaladi", degan savolga "Germaniya Futbol Ittifoqidagi akademiya"dan so'ranglar, deya javob berishlarini istamoqda.


Bu yo'lda GFI dastlabki qadamni o'tgan yili kuzda tashlagandi. Aynan o'shanda Frankfurtda futbol tahliliga bag'ishlangan DFB akademiyasining birinchi kongressi bo'lib o'tgandi. O'shanda 200 ortiq mehmonlar ishtirok etishdi. Evropaning etakchi jamoalarining tahlilchilari, murabbiylar qatnashishdi va futbol olamidagi aktual mavzularda muhokamalar bo'lib o'tdi.

SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика