Asqar Umarov: “Zomin" 2-turda hakam, 3-turda tashkilotchilar tufayli 6 ochkodan mahrum bo'ldi”
19 apr 2016 15:59
Yangiliklar
Asqar Umarov: “Zomin" 2-turda hakam, 3-turda tashkilotchilar tufayli 6 ochkodan mahrum bo'ldi”
O'zbekiston Birinchiligining 4-turida “Zomin” jamoasi “Sug'diyona” stadionida Haqqulobodning “Norin” jamoasini qabul qiladi.
“Zomin” jamoasining murabbiyi Asqar Umarov uchrashuv haqida o'zining fikrlarini bildirdi.
“Biz uchinchi turda bazi sabablarga ko'ra o'ynamadik. “Uz-Dong-Ju” jamoasiga qarshi etarli darajada tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo vaziyat biz o'ylagandek bo'lmadi. Futbolda bunday hollar bo'lib turadi. Lekin biz chekinmaymiz. 2-turda hakamning noto'g'ri qaroriga ko'ra, 3-turda esa tashkilotchilarning aybi bilan 6 ochkodan ayrildik. “Uz-Dong-Ju” jamoasiga qarshi o'ylab qo'ygan rejalarimizni “Norin” jamoasiga qarshi qo'llaymiz va albatta g'alaba qozonamiz”, - dedi Asqar Umarov.
Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar