So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  22 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Asqar Tolibjonov: "Samvel Babayan terma jamoada ham o'zini ko'rsatishga ishonamiz" Yangiliklar

Asqar Tolibjonov: "Samvel Babayan terma jamoada ham o'zini ko'rsatishga ishonamiz"

23 iyun kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasida Mirabror Usmonov boshchiligida majlis bo'lib o'tdi va unda ko'pchilik uchun kutilmagan yangiliklar taqdim etildi.
Ushbu yig'ilishda milliy va olimpiya terma jamoalariga yangi bosh murabbiylar tayinlandi. Yani, bungacha milliy terma jamoamizga ustozlik qilgan Mirjalol Qosimov istefo berdi. SHuningdek, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham o'z lavozimidan ozod etildi. Milliy terma jamoamiz JCH-2018 saralash bosqichini muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Vakillarimiz birinchi uchrashuvdayoq KXDR terma jamoasiga yutqazib qo'yishdi. Ana shu mag'lubiyatdan keyin bosh jamoamizda o'zgarishlar bo'lishi kutilayotgandi. Oradan bir hafta o'tib kutilgan o'zgarish ro'y berdi va Mirjalol Qosimovning o'rniga “Paxtakor” ustozi Samvel Babayan milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bundan tashqari olimpiya terma jamoasida ham o'zgarishlar amalga oshirildi.

Bundan bir necha oy oldin olimpiya termasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Baxtiyor Ashurmatov ham istefoga chiqarildi. Uning o'rniga tajribali mutaxassis Viktor Jalilov olimpiyachilarimiz ustozi etib tayinlandi. Ushbu o'zgarishlar bo'lgidan so'ng o'sha kunning o'zidayoq terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov bilan suhbatlashdik. Aslida Tolibjonov bilan barcha terma jamoalarimiz to'g'risida suhbatlashishni rejalashtirib yurgandik. Ammo 23 iyun kuni ro'y bergan o'zgarishlar suhbatimiz boshqacha o'tishini taminladi.

- Bugun terma jamoalar markazi katta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Markaz direktori sifatida ushbu o'zgarishlarga izoh berib o'tsangiz?

- Ha, bugun (suhbat 23 iyun kuni uyushtirilgan) O'FFda O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalariga yangi bosh murabbiylar tayinlandi. Aslida Mirjalol Qosimov milliy terma jamoa bosh murabbiyligidan istefoga chiqmoqchi edi. O'z xohishi bilan ketishga qaror qilgani bois uning istefosini qabul qildik.

- JCH-2018 saralash bosqichidagi omadsiz start bunga sabab bo'ldimi?

- Yo'q aynan bu sabab emas. Qosimov sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli dam olishini aytdi. Umuman olganda, terma jamoada o'zgarishlar ro'y berish arafasiga kelib qolgandi.

- Terma jamoalar markazi Mirjalol Qosimovning bosh jamoamizdagi uch yillik faoliyatini qanday baholaydi? U bilan qay tarzda xayrlashildi?


- Mirjalol Qo'shoqovichning milliy termada uch yil olib borgan faoliyatini terma jamoalar markazi yuqori baholadi va mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirilib rahmat aytildi. Biz u bilan butunlay xayrlashganimiz yo'q. Qosimovga sog'lig'ini tiklab olish uchun dam olishga vaqt berildi. SHuni aytishim kerakki, Mirjalol o'z lavozimidan istefoga chiqarilgan bo'lsa-da, terma jamoalar markazidan ketgani yo'q.

- Qosimovning o'rniga Samvel Babayan milliy terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu variant qanday paydo bo'ldi?


- Ayni paytda terma jamoa bosh murabbiyligiga eng to'g'ri yo'l sifatida Samvel Babayan variantini qabul qilindi. Bu qarorni O'FF prezidenti Mirabror Zufarovichning o'zi qabul qildi. Oxirgi vaqtlarda Babayan murabbiy sifatida qanday ishlayotganini barchamiz ko'rib turibmiz. O'ylaymanki, bu eng to'g'ri qaror bo'ldi.

- Savel Babayan bilan o'z paytida “Paxtakor”da birga faoliyat olib borgansiz. SHuning uchun uni yaxshi bilasiz. Nima deb o'ylaysiz, Babayan terma jamoani munosib boshqara oladimi? Qolaversa, biz uni yaxshi rahbar, menejer va tashkilotchi sifatida bilamiz. O'tgan mavsumdan esa Babayanning murabbiylik salohiyatini ham ko'rdik. Umuman olganda, O'FF bosh murabbiylikka Babayanni tanlab adashmadimi?

- Agar uning tajribasiga shubhalanganimizda bosh murabbiylikka taklif etmasdik. CHunki u o'tgan yili “Paxtakor”ni chempion qildi. Bu mavsumda ham uning klubi chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Ishonamanki, Babayan terma jamoada ham o'zini ko'rsata oladi.

- Babayan “Paxtakor” bosh murabbiyi bo'lgani uchun endi bor etiborini terma jamoaga qaratadimi?

- Xa, u “Paxtakor” bilan xayrlashib faqat terma jamoada ishlaydi. Menimcha, birinchi davra oxirigacha “Paxtakor”dagi ishini yakunlab qo'yadi.

- Bugun nafaqat milliy terma jamoaga, balki olimpiya terma jamoasiga ham yangi bosh murabbiy tayinlandi. Baxtiyor Ashurmatov nega istefoga chiqarildi?


- Bu borada ham O'FF prezidenti qaror qabul qildi va Viktor Jalilovga olimpiya terma jamoasini boshqarish topshirildi. Jalilovni ham qanday tajribaga ega ekanligini yaxshi bilamiz. U ham o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay degan umiddamiz.

- Ikkala terma jamoada ham murabbiylar shtabi to'laligicha yangilanadimi?

- Ha, Qosimov bilan birga ishlagan murabbiylarning barchasi ketdi. Samvel Babayanga milliy termada Ravshan Haydarov yordam beradi. Bundan tashqari yana qolgan yordamchi murabbiylar tez orada malum bo'ladi. Olimpiya terma jamoasida esa Viktor Jalilovga Dilshod Nuraliev yordam beradi.

- SHimoliy Koreyadagi mag'lubiyatdan keyin milliy terma jamoamizga yangi “qon” quyish payti kelgandi. Ammo ko'pchilik bosh murabbiy xorijdan bo'lishini kutayotgandi. Oldinglarda bu variant ham bormidi?


- Sizlarga yana shuni ham aytshim kerakki, bu borada ham ayni paytda ish olib boryapmiz. Yaqin kunlarda terma jamoaga xorijdan ham murabbiy taklif etamiz. U maslahatchi murabbiy bo'lib ishlaydi. Biz maslahatchi murabbiylikka xorijdan murabbiy taklif etishni ancha paytdan beri o'ylab kelayotgandik. Ayni dam xorijlik mutaxassis bilan muzokaralar ketmoqda.

- Millliy hamda olimpiya terma jamoalarining yangi murabbiylari oldiga qo'yilgan vazifalarni bugunning o'zidayoq ularga aytgan bo'lsanglar kerak?

- Ha, bu murabbiylarning oldiga ham maksimal vazifalar qo'yilgan. Misol uchun, milliy terma jamoamiz Rossiyada bo'ladigan jahon chempioni yo'llanmasini qo'lga kiritishi kerak. Bundan tashqari JCH-2018 saralash bosqichi Osiyo chempionati yo'llanmasini ham beradi. Milliy termamiz Osiyo Kubogiga ham chiqishi kerak. Babayan shu vazifani bajarish yo'lida mehnat qiladi. Viktor Romanovich esa o'z zimmasiga yuklatilgan terma jamoani Olimpiadaga olib borishi lozim. Xabaringiz bor, olimpiyachilarimiz Osiyo chempionatida qatnashish imkoniyatini qo'lga kirita oldilar. Endi ular Olimpiada yo'llanmasini olishlari kerak. 2016 yilning yanvar oyida Qatarda U-22 Osiyo chempionati o'tkaziladi.

- JCH-2018 saralash bosqichida terma jamoamizni Bahrayn bilan bo'ladigan ikkinchi o'yiniga qadar tayyorgarlik borasida qanday rejalari bor?

- Sentyaborga qadar milliy termamizning hozircha birorta bir uchrashuvi va yig'ini yo'q. Sababi iyul va avgust oylarida FIFA kunlari belgilanmagan. Bugundan terma jamoada yangi murabbiylar ishga kirishdi. Agar ular mana shu ikki oyda rejaga o'quv-mashg'ulot yig'inlarini kirgizishmasa, sentyabrgacha birorta o'yin bo'lmasligi mumkin. Terma jamoamizning yig'inlari va o'yinlari borasida keyinroq malumot beramiz.

- Olimpiya terma jamoamizning ham rejalari qanday?

- Bu terma jamoada ham murabbiy almashdi va yangi murabbiy tayyorgarlik borasida o'z rejasini bizga taqdim etadi. Osiyo chempionati boshlanishiga qadar bir necha oy bor va musobaqaga olimpiyachilarimiz puxta hozirlik ko'rishadi. Olimpiya terma jamoasi iyul va avgustda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishadi. Ushbu yig'inlar qachon o'tkazilishini keyingi haftada elon qilamiz.  

- Olimpiya terma jamoamiz qita chempionati yo'llanmasini sonlikcha qo'lga kiritgani yo'q. Saralash bahslaridan keyin Osiyo chempionatiga chiqish taqdirimiz boshqalarning qo'lida bo'lib qoldi. Aytingchi, o'shanda saralashdan o'ta olmasak, degan havotir bormidi?

- Bilasizmi, olimpiya termamizni Osiyo chempionatida ishtirok etishiga baribir ishongandik. CHunki bu terma jamoa yo'llanmani olmasa ham uyat bo'lardi. Asosiysi, ishonch bor edi va Xudoga shukr o'z maqsadimizga erishdik.

- Nima uchun olimpiyachilarimiz qiyinchilik bilan yo'llanmani olishdi deb o'ylaysiz? Axir bu terma jamoamiz tarkib jihatdan kuchli edi. To'g'rimi?

- Ha, fikringizga qo'shilaman bu tarkib juda kuchli. Saralash bahslarida terma jamoamiz o'zining haqiqiy o'yinini oxirigacha namoyish eta olmadi. Qolaversa, kutilmaganda Suriya termasiga yutqazib qo'yishdi. Ammo shunga qaramay, eng muhimi vazifa bajarildi va endi ular Osiyo chempionatida o'zlarini ko'rsatishadi. Bu yigitlar Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bor kuchlarini ishga solishadi.

- Agar olimpiyachilarimiz saralash bosqichida qolib ketganida nafaqat bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov, balki terma jamoalar markazida ham o'zgarishlar bo'lardi. Buni Mirabror Usmonovning o'zi aytib o'tgandi.


- Osiyo chempionatiga chiqishga ishonganimiz uchun buni o'ylaganimiz yo'q. Oxirida bo'lsa ham omad baribir bizga kulib boqdi va terma jamoamiz har qanday holatda ham yo'llanmani qo'lga kiritishga haqli edi.   

- Asqar aka, keling, shu o'rinda Yangi Zelandiya mamlakati mezbonlik qilgan jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan yoshlar terma jamoamizga ham to'xtalib o'tsak. Yoshlarimizning mundialdagi ishtiroki qanday baholandi?


- Yangi Zelandiyada bo'lgan yoshlar o'rtasidagi jahon chemiponatida Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz munosib ishtirok etdi. Yoshlarimiz guruh bahslarida biroz qiyinchiliklarga duch kelishgan bo'lishsa-da, musobaqada chorak finalgacha bora oldilar. SHu bois yoshlar terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini qoniqarli deb qabul qildi. Albatta, bu yoshlar termasidan jahon chempionatlaridagi avvalgi natijalarni yangilashini istagandik. Lekin chorak finalda imkoniyat boy berildi. Jahon chempionatida kuchli 8 terma jamoa qatoridan joy olish ham katta gap. Ravshan Haydarov yoshlar termasi bilan yaxshi ishlagani bois uni milliy terma jamoa murabbiylar shtabiga o'tkazdik. Haydarov endi bosh jamoamizda ishlaydi.

- Jahon chempionatida munosib ishtirok etgani bois yoshlar terma jamoasi futbolchilari O'FF tomonidan shunga yarasha taqdirlanishsa kerak?

-Albatta, ular taqdirlanishadi. CHunki bu yigitlar mundialda yurtimiz sharafini munosib himoya etdilar. Bu borada O'FF tez orada malumot beradi.

- Yangi Zelandiyadagi jahon chempionatida tashkilotchilik borasida nimalar deya olasiz? Musobaqa qay darajada o'tdi?

- Jahon chempionatidek nufuzli turnirda kamchilik bo'lmaydi. U xoh kattalar, xoh yoshlar o'rtasidagi mundial bo'lsin. Yangi Zelandiyada tashkilotchilik borasida hech qanday muammoni ko'rganimiz yo'q, hammasi alo darajada o'tdi. SHaharlar va stadionlar o'yinlarga tayyor edi.  

- Bugungi kunda barchamizning eng birinchi orzuimiz milliy terma jamoamizni jahon chempionatida ko'rish. Buni butun o'zbek xalqi kutyapti. Ammo saralash bahslaridagi birinchi o'yindayoq terma jamoamiz muxlislarni ranjitdi. KXDRga qarshi bo'lgan o'yinni ko'rib, qandaydir xulosalar chiqargan bo'lsangiz kerak?

- To'g'risini aytsam, milliy termamiz Pxenyanda o'ynagan paytda men Yangi Zelandagi, jahon chempionatida edim. SHuning SHimoliy Koreyaga qarshi uchrashuvni ko'ra olmadim. Albatta, futbolda hamma narsa bo'ladi. Bu o'yinda yutqazishimizni hech kim kutmagandi. Ammo o'yinni ko'ra olmaganim bois bir nima deyishim baribir qiyin.

Boburbek TURSUNOV suhbatlashdi.
"Futbol Ekspress" gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика