Asprilya: "Real"dan taklif bo'lgan, ammo Kapello meni jamoasida ko'rmagan"
06 iyu 2015 12:43
Yangiliklar


Asprilya: "Real"dan taklif bo'lgan, ammo Kapello meni jamoasida ko'rmagan"
"Parma" va "Nyukasl" sobiq hujumchisi Faustino Asprilya o'z vaqtida "Real" futbolchisiga aylanishi mumkin edi.
Ammo o'sha paytda "Qirollik klubi"da bosh murabbiylik vazifasida ishlagan, hozirda Rossiya terma jamoasini boshqarayotgan Fabio Kapello uni o'z jamoasida ko'rmagan.
"Men "Real"dan taklif olganman. Ammo Kapello men uning jamoasida o'ynashimni istamagan. O'zimni Angliyada yaxshi his qilganman, lekin "Real" davogar edi va men ularga ijobiy javob berdim. Men ular bilan suhbatlashdim va "Nyukasl"da qoldim. Bundan afsuslanmayman" - deydi Asprilya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar