Aspilikueta: "Barselona" har qanday vaziyatda nima qilishni biladi"
19 fev 2018 12:13
Yangiliklar
Aspilikueta: "Barselona" har qanday vaziyatda nima qilishni biladi"
"Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri to'p tepadigan jamoaga qarshi o'ynash qiziq. "Barselona" har qanday vaziyatda nima qilishni biladi. Messini qanday to'xtatamiz? Orzuimizdagi o'yinni o'tkazishimiz, bir butun bo'lishimiz kerak. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Lionel - umuman boshqa darajadagi futbolchi.
"CHelsi" ko'p narsani o'rganadigan yilni o'tkazmoqda. O'tgan mavsumda, masalan, biz evrokuboklarda ishtirok etmadik. Faqat mahalliy turnirlarda qatnashdik. "CHelsi" Premer-ligada g'olib chiqdi, Angliya Kubogi finaligacha bordi. Bu mavsum oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz" - deydi Aspilikueta.
"CHelsi" va "Barselona" 20 fevral va 14 mart kunlari CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlarini o'tkazishadi. Birinchi bahs Londonda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar