So’nggi yangiliklar

07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  2 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0

Asl vatanparvar, o'zbekning mard o'g'loni Murod Xonto'raev haqida yoxud kim kimdan ayrildi Yangiliklar

Asl vatanparvar, o'zbekning mard o'g'loni Murod Xonto'raev haqida yoxud kim kimdan ayrildi

Teglar :  Murod Xonto'raev
19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

Mamalakatimizning eng mashxur sportchilaridan biri, O'zbekiston MMA Associaciyasi vice-prezidenti Murod Xonto'raev avtohalokat tufayli vafot etdi.


Qora kun

Voqea Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida marhum boshqaruvidagi “BMW X5” avtomashinasida ro'y bergan. SHu kuni soat 11:30 larda bir yo'nalishda harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli avtoulov bilan to'qnashuv natijasida Xonto'raev boshqaruvidagi mashina yo'ldan chiqib ketgan va sportchi voqea joyida vafot etgan. Bir kun o'tib esa, Xonto'raevning yonida shogirdi, MMA jangchisi Jasur Anarboev ham bo'lganligi haqida xabar berildi. Anarboev shifoxonaga olib borilgan kuni chuqur "koma" holatida bo'lgan va keyinroq uning "koma"dan chiqqanligi malum qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda mudxish hodisa haqidagi turli videolar, xabarlar tarqaldi. Bazi kimsalar bu voqeadan foydalanib turli mish-mishlar tarqatishga, birozdan so'ng gaplarining barchasi yolg'onligini aytib uzr so'rashga ham ulgurdi. Murod Xonto'raevning shogirdi "avariya" qanday bo'lganini so'zlab berdi:

"Akamga o'zimga ishongandek ishonardim. Biz o'z yo'limizda kelayotgan edik, adashmasam "Lacetti" bizni qisib qo'yishga harakat qildi. Keyin nima bo'lganini bilmayman. SHifoxonada ko'zimni ochdim. Avtohalokatda omon qoldim, akam esa bu yorug' olamni tark etdilar. Joylari jannatlarda bo'lsin. Odamlar hamma narsalarni gapiraveradi. Men bitta narsani aytishim mumkinki, Murod akamdek inson boshqa yo'q. Ular bitta gap bilan yuraklarni zabt etardilar",- dedi Anarboev

Biz uning tezroq sog'ayib oilasi bag'riga qaytishiga tilakdoshmiz. Endi esa, bu dunyoni juda yosh tark etgan, ko'plab o'zbek yigitlari uchun mardlik ramziga aylangan Murod Xonto'raev haqida to'xtalamiz.


Oshpazning chempion o'g'li

Qahramonimiz 1987 yil 4 iyul Toshkent shahrida oshpaz va uy bekasi oilasida dunyoga kelgan. Bu haqda sportchi ko'plab intervyularida gapirgan. Oddiy oshpazning farzandi ham chempion bo'lishi, hamma narsa harakatga bog'liqligi to'g'risida yoshlarga maslahatlar bergan:

“Dadam butun umr oshpaz bo'lganlar, onam uy bekasi. Biz birinchi o'rinlarni olib yuribmizku. Menga sen bu o'rinni olamaysan, boyning o'g'li oladi deb...


Sportchi haqidagi maqolaning to'liq qismini quyidagi sahifada o'qing > > > Asl vatanparvar, o'zbekning mard o'g'loni Murod Xonto'raev haqida yoxud kim kimdan ayrildi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика