Asilbek Omonov: “Terma jamoaga qaytishdan umidvorman”
16 iyu 2014 18:09
Yangiliklar
Asilbek Omonov: “Terma jamoaga qaytishdan umidvorman”
Kuni kecha "Futbol Ekpress" gazetasi muxbiri "Oq-tepa" darvozaboni Asilbek Omonov bilan suhbatlashdi. Quyida mazkur intervyuning to'liq varianti bilan tanishishingiz mumkin.
- Asilbek, dastavval “Oq-tepa”ga kelib qolishingiz qanday sodir bo'lgani haqida gapirib o'tsangiz?
- Jamoaning sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Mochinovning taklifiga ko'ra “Oq-tepa”ga kelgandim. Aleksandr Vladimirovich meni yig'inda sinab ko'rishini aytgandi. U vaqtda “Paxtakor” mashg'ulotlarida qatnashayotgandim. Keldim, mashg'ulotlarda qatnashdim va yakunda klub bilan shartnoma imzoladim.
- Nega aynan birinchi liga klubini tanladingiz? Undan ko'ra, o'rinbosarlar musobaqasida to'p surish foydali emasmidi?
- Birinchidan, “Oq-tepa” oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan. Ikkinchidan, birinchi ligada o'yinlari soni ko'p. Tabiiyki, men ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lardim. Hozirgi yoshimda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishim muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, o'rinbosarlar tarkibi sezilarli darajada yoshargan. Bunday holatda o'rinbosarlar safida o'ynashim sal o'rinsiz bo'lsa kerak?!
- Birinchi ligada to'p surishning qanday foydalarini sezdingiz?
- Ilgari “Yangier” safida 1-ligada o'ynab, chempionat mazasini his qilib ko'rganman. Men uchun eng foydalisi, bu erda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lyapman. Bu holat meni xursand qilmoqda.
- O'yin amaliyotiga ega bo'layotganingiz yaxshi, ammo chempionat saviyasichi?
- Agar o'rinbosarlar musobaqasi bilan solishtiradigan bo'lsak, 1-liganing saviyasi ancha baland. Bu erda qiziqarli uchrashuvlarning soni ko'proq.
- O'zi quyi liga sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Aytganimdek, ilgari ham birinchi ligada o'ynaganman. Bu erda menga eng yoqadigan jihat, ishqibozlikdir. Muxlislik madaniyati ajoyib darajada. Ishqibozlar har doim futbolchilar bilan aloqada bo'lishadi. Ularga har tomonlama dalda bo'lib, qo'llab-quvvatlashadi.
- Hozir birinchi liga haqida faqat ijobiy fikrlarni bildiryapsiz. Ammo salbiy holatlar ham uchrab turadi-ku?!
- To'g'ri, xususan, barcha jamoalarning maydonlari ko'ngildagidek emas. Vaholanki, futbolda maydonning sifatida yaxshi bo'lishi shart. Aks holda futbol o'z jozibasini yo'qotadi. “Xotira-79” jamoasining uy stadioning maydoni talabga javob bermasligiga guvoh bo'ldim. Hatto “Qo'qon-1912” maydoning holati ham alo darajada emas ajablanarli.
- O'yinlarning boshlanish vaqtlari haqida qanday fikrdasiz?
- Barcha stadionlarda yoritgichlar to'liq ishlamasligi tufayli ayrim bellashuvlar ertaroq boshlanadi. Klublar buni vaziyatdan kelib chiqib hal qilishadi. Jazirama issiqda to'p surish futbolchining jismoniy holatiga salbiy tasir qiladi.
- “Oq-tepa” orqali oldinga qadam tashlashingizga ko'zingiz etadimi?
- Albatta ko'zim etadi. Ishonchim bo'lmaganida bu jamoada to'p surmagan bo'lardim.
- “Oq-tepa”da to'p surishni boshlaganingizdan beri terma jamoadan taklif bo'lmay qo'ydi. Murabbiylar shtabi birinchi liga o'yinlarini ko'rmaydimi yoki quyida to'p tepadigan futbolchi terma jamoaga kerak emasmi?
- Bunisi murabbiylardan so'rash kerak. Men terma jamoa bilan Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish niyatidaman. Terma jamoamizga yordamim tegsa va bu orqali muxlislarning quvonchiga sababchi bo'la olsam xursand bo'lardim.
- Balki ortga qaytib, “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga kirish uchun harakat qilib ko'rganingiz maqulmikan?
- (o'ylanib) Bilasizmi, birinchi navbatda “Oq-tepa” bilan oldimizga qo'yilgan vazifani bajarmoqchiman. Hozirgi asosiy maqsadim shundan iborat. Vaqti kelganda albatta “Paxtakor”ga asosiy darvozabon bo'lib qaytish niyatim bor. Ammo zaxirada o'tirishni istamayman.
- “Oq-tepa” O'zbekiston Kubogi bahslarida “Paxtakor” bilan to'qnash keldi. “SHerlar” rahbariyati sizni maydonga tushishingizga ruxsat berganida o'zingizni nimalarga qodirligingizni isbotlashga harakat qilarmidingiz yoki odatiy o'yingizni namoyish qilarmidingiz?
- Albatta harakat qilardim. Har bir futbolchi o'zining jamoasiga qarshi uchrashuvda nimalarga qodirligini ko'rsatgisi keladi. SHu o'rinda men ham. Biroq bu nasib qilgani yo'q. Agar shunday imkoniyatga ega bo'lganimda “Oq-tepa”ning asosiy tarkibida shunchaki o'ynamayotganimni isbotlash uchun qo'limdan kelgan bor imkoniyatimni ishga solardim. Rosti, bunday imkoniyat berilishini so'nggi daqiqalargacha kutgandim. Ammo...
- “Paxtakor”ga qaytsangiz raqobatda yutib chiqishingizga ishonasizmi? Sizga buning uchun nechta o'yin kerak?
- O'zimga ishonaman. Inson o'ziga ishonmasa kasbining ustasi bo'lib etishmaydi. Nechta o'yinga kelsak, murabbiylar bitta uchrashuvda imkoniyat bersa shundan ham foydalanishga harakat qilardim. Asosiysi, ishonch. O'yinlar sonini ahamiyati yo'q. Ochig'i, avvalgi yillardan shunday imkoniyat berilishini juda ko'p kutdim. Birgina imkoniyat berilganida ham undan foydalanishga va o'zimga ko'rsatishga harakat qilardim.
- Xolis aytingchi, o'z ustingizda avvalgidek ishlayapsizmi yoki bu borada pasayish kuzatilganmi? Aytmoqchimanki, balki terma jamoa murabbiylari sizda qandaydir pasayishni kuzatishgandir? SHuning uchun klubga taklifnoma jo'natilmayotgandir?
- Men har doim oldinga intilganman. Qo'ygan maqsadim sari harakat qilaman. O'zim boshqa darvozabonlardan kuchsiz deb bilmayman. To'g'ri, darvozabonlar juda ko'p. SHularning orasida menga ham hech bo'lmasa bir marta ishonch bildirishlarini istardim. Agar terma jamoa murabbiylari menga bitta bo'lsa ham imkoniyat berishsa, ishonamanki, ularning ishonchini oqlayman.
- So'nggi yillarda yoshlar termasi safida Osiyo chempionati saralash o'yinlarida, final bosqichida, jahon chempionata to'p surdingiz. Yanvar oyida 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoaga taklif etildingiz. SHundan keyin birdaniga bu eshiklar yopildi. Bu holat sizga qanday tasir qildi?
- Rosti, qattiq tasir qildi. Bunday vaziyatga tushib qolishimni kutmagandim. Nega bunday bo'layotganining sababini hech tushunmayapman.
- Balki terma jamoada murabbiylar shtabi o'zgargani tufayli shunday vaziyatga tushgandirsiz?
- Har bir murabbiyning yoqtirgan o'yinchisi bo'ladi. SHunday bo'lsa-da, aytganimdek, meni ham terma jamoaga taklif qilishlarini, o'zimni ko'rsatishimga imkoniyat berishlarini istayman. SHuhrat Maqsudov tajribali mutaxassis. Osiyo chempionate vaqtida SHuhrat akaning mashg'ulotlariga, futbolchilarga bo'lgan munosabatiga etibor qaratdim. Murabbiyimizning ko'p xislatlari yoqdi. Og'ir vaziyatga tushib qolganimizda, yani, mag'lubiyatga uchragan o'yinlarimizda undan chiqib ketish yo'lini ko'rsatib turdi. Yutqazganimizda barcha aybni o'ziga olgani, shogirdlarini aybdor qilmasligi meni hayratda qoldirdi. Har doim shogirdlarini oldinga boshlaydi. Futbolchilarni xorista to'p surishlarini xohlaydi. Har tomonlama ruhiy dalda bo'ladi. Qisqasi, SHuhrat aka ajoyib murabbiy.
- SHuhrat Maqsudov shunday tajribali mutaxassis ekan, unda nega terma jamoamiz guruhdan nariga o'ta olmadi?
- Hamma guruhdan chiqishimizga ishongandi. Omad kelmasa qiyin ekan. Biz futbolchilar SHuhrat aka boshchiligida guruhdan chiqib, bayrog'imizni yuqori ko'targan holda xursandchilik bilan yurtimizga qaytib kelishni istagandik. Bolalar bilan kelishib, yutug'imizni murabbiyga hadya qilishni xohlagandik. Terma jamoamiz Maqsudov murabbiyligida birinchi marta yirik musobaqada ishtirok eti. Futbolchi sifatida murabbiyimizdan qoniqdim. Uchrashuvga tanlangan taktikasi va o'yin uslubi meni xursand qildi. Boshqa murabbiylardan bu borada ajralib turardi.
- Terma jamoadan tkali bo'lmayotgani alam qilyaptimi?
- Ha. Terma jamoa murabbiylari birinchi liga klublaridan futbolki taklif qilinmasligi alam qilyapti. Vaholanki, 1-liganing saviyasi o'rinbosarlar musobaqasidan kuchliroq. Qolaversa, oliy liganing bosh jamoasi zaxirasida o'tirgandan birinchi ligada asosiy tarkibda o'ynagan maqul. Boz ustiga, "Oq-tepa" singari o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan klub safida muntazam ravishda o'ynash yanada foydali. Terma jamoa murabbiylar shtabi nimaga asosan o'yin amaliyotiga ega o'yinchini etibordan chetda qoldirishlarini tushunmayman. Ayrim vaqtlarda terma jamoaga qaytish uchun “Paxtakor”ning zaxirasida o'tirganim maqulmikan deb o'ylab qolaman. SHu savolga hech javob topa olmayapman. Haqiqat shuki, hammasi murabbiyga bog'liq.
- Endi "Oq-tepa" haqida gaplashsak. Mavsum yangi jamoangiz uchun qanday o'tmoqda?
- Juda yaxshi. Uchrashuvlar qiziqarli o'tyapti. Xursandman, chunki o'z oldiga maqsad qo'ygan klub tarkibida o'ynayapman. Vazifani bajara olsak, yanada xursand bo'laman. CHempionatda qatnashayotgan barcha klublar o'ziga yarasha kuchli, tarkibida oliy ligada o'ynagan futbolchilar bor. Xususan, "Qo'qon-1912", "NBU-Osiyo", "Xotira-79". Bu jamoalarga qarshi o'yinlar ancha shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechdi. SHunday bo'lsa-da, biz o'z vazifamizni bajarish yo'lida harakat qilyapmiz. Bizning jamoada o'yinchilarni bir-biriga bo'lgan munosabati alo darajada. Qisqasi, meni klubning ichki muhiti qoniqtirmoqda.
- Sizningcha, "Oq-tepa" bu tarkibi bilan ko'zlangan maqsadiga erisha oladimi?
- Oliy ligaga chiqish uchun bir nechta jamoa kurash olib bormoqda. Tabiiyki, yo'llanmani qo'lga kiritish oson emas. SHu bois tarkibni yanada kuchaytirsak maqsadga muvofiq bo'lardi. Sababi, bir haftada ikkitadan uchrashuvda maydonga tushyapmiz. Bu o'z-o'zidan futbolchilarda charchoq alomatlarini keltirib chiqaradi. O'yinchi o'zini tiklab olishi uchun kamida to'rt kun kerak bo'ladi.
- "G'arb" mintaqasida "SHo'rtan" raqiblarini sezilarli darajada ortda qoldirdi. Bu ikkinchi bosqich o'yinlari oldidan ularga yaxshigina imkoniyat beradi. SHunday kelib chiqib aytadigan bo'lsak, oliy ligaga beriladigan ikkinchi yo'llanma uchun qolgan klublar kurash olib boradimi?
- Men bunday deb o'ylamagan bo'lardim. Boisi, "SHarq" mintaqasi "G'arb"ga nisbatan kuchliroq deb o'ylayman. “SHo'rtan” qayd etayotgan hisoblardan hayronman. G'uzorliklar ikkinchi bosqichda qiynalishadi. CHunki "SHarq" mintaqasida "SHo'rtan"ga jiddiy qarshilik ko'rsata oladigan klublarning soni juda ko'p. O'ylaymanki, ularga etib olamiz va oliy ligaga birinchi o'rin bilan chiqamiz. Aslida bu erda o'rin muhim rol o'ynamaydi. Asosiysi, oliy ligaga chiqish.
- Davralar orlig'ida oliy liga klubidan taklif bo'lsa qabul qilasizmi?
- Klub rahbarlari bilan maslahatlashgan holda Qabul qilaman, ammo aytganimdek, zaxirada o'tirishni istamayman. 21 yoshimda oliy ligada o'ynash men uchun yaxshi natija deb o'ylayman.
Manba: "Futbol Ekspress" gazetasi

Fikrlar