So’nggi yangiliklar

01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  2 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  14 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4

Ashaddiy muxlisi bobosi bo'lgan, "Vilyarreal" timsoli - Torres bilan tanishamiz Yangiliklar

Ashaddiy muxlisi bobosi bo'lgan, "Vilyarreal" timsoli - Torres bilan tanishamiz

"Vilyarreal" chorshanba tunida CHempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida "Yuve"ga 3ta gol urdi va keyingi bosqchiga yo'l oldi.

To'g'ri, hozircha 2006 yildagi jamoani ko'rganimiz yo'q, ammo klub shunga qarab intilmoqda. Emeri shogirdlari byudjeti tomondan raqibidan 3 barobar orqada edi (138 mln - 440 mln). Uchrashuvda gollardan birini jamoaning muhim futbolchilaridan biri, markaziy himoyachi Pau Torres urdi. SHu sababli, bugun u bilan yaqindan tanishishga qaror qildik.

U Vilyarrealda tug'ilib, voyaga etdi, oilasi shaharda yashaydi. Pauning amakisi 1980-yillarda "Vilyarreal" safida to'p tepgan, akasi esa akademiyada shug'ullangan. Biroq Torresning asosiy va shaxsiy (!) muxlisi — bobosi Manuel edi. Aynan Manuel nabiralari Pau va uning akasi Jordini akademiyadagi mashg'ulotlarga olib borardi. U birorta o'yinni ham o'tkazib yubormasdi va hattoki, dam olish kuni bo'lishiga qaramay, bolalarni kattalar jamoalari bahslariga ham olib borgan. Jordi professional futbolga o'ta olmagan va bugungi kunda bolalarni shug'ullantiradi. Biroq Pauning kelajagiga bobosi hech ham shubha bilan qaramagan va doim u muhim o'yinchi bo'lishiga ishongan.

"Pau ajralib turardi — o'sha paytlari ham, hozir ham to'p bilan ishonchli tarzda muomala qiladi. SHu sababli, u barcha narsani uddalaydi deb o'ylardim", — deydi Manuel.

Bobosi Pauning yoshligidan barcha o'yinlarini tomosha qilgan va hozir ham nabirasining hech bir bahsini o'tkazib yubormaydi. Faqat bitta istisno: kovid bilan bog'liq cheklovlar tufayli 86 yoshli Manuel Gdanskda bo'lib o'tgan Evropa Ligasining g'alabali finalini ko'ra olmagan.

"Men endi sayohat qilolmayman, axir 86 yoshdaman. SHu sababli, finalni uyda televizor orqali ayolim bilan tomosha qilaman", — degan edi "MYU"ga qarshi o'yindan oldin mahalliy ommaviy axborot vositalaridan biriga Pauning bobosi.


Torres Vilyarrealni qulay maskan deydi. Hamon bolalikdagi do'stlari bilan uchrashib turadi

Evropa Ligasi finalidan avvalroq Torres jurnalist Gilem Balagega shunday degan edi:

"Vilyarreal — oilaviy shahar. Bu erda ko'pchilik bir-birini taniydi. Sizning biror qarindoshingiz bo'lsa, u albatta shahardagi boshqa bir insonning qarindoshining qarindoshi bo'lib chiqadi".

"Men San-Paskual maydoni yaqinida, onamning uyida yashaganman. O'sha erdan maktabga borardim. Bazida amakimnikida mehmonda qolar edim. "Lokdaun" rejimi paytida men Vilyarrealda yashadim. Lekin o'zimni erkinroq his qilish uchun kattaroq uyga ko'chishga qaror qildim va shahardan ketishimga to'g'ri keldi. Ammo shaharga borsam, o'zimni odatdagidek tutishga harakat qilaman. Imkon bo'ldi deguncha, do'stlarim bilan uchrashaman. O'zini erkin his qiladigan joyga borish, u erda aslidek bo'lish, do'stlari bilan shunchaki suhbatlashish — bu juda qimmatli narsa. Ular mening futboldagi yutuqlarimga oddiy qarashadi — chunki ularga o'zining muvaffaqiyati etarli. Menda bolaligimdan "Vilyarreal" futbolkasi bo'lardi. O'sha damlar esimda, klub endigina Primeraga chiqqan va doim kimnidir Ispaniya termasiga jo'natishga urinardi — Markos Senna, Bruno Soriano, Santi Kasorla. Menda Kapdevila va Forlan bilan tushgan rasmlarim bor".

Endi esa Pau Torresning o'zi "Vilyarreal" termaga yuboradigan futbolchiga aylandi.


Yosh himoyachidan tashqari, Evro-2020da Ispaniya termasi safida "Vilyarreal"ning yana bir to'purari Jerar Moreno ham to'p tepdi.


Pau sherigi bilan La Ligaga qaytgan jamoasini tabriklash uchun maydonga yugurib chiqadi (kadrlari ham bor!)

Mahalliy aholi orasida anchadan buyon "Vilyarreal"ning o'z afsonasi bor — jamoaning sobiq sardori Bruno Soriano. U Vilyarrealdan bir necha kilometr uzoqda bo'lgan Artana qishlog'ida tug'ilgan. Soriano jamoada 14 yil to'p tepgan, ikki bor klubini Evropa Ligasi yarim finaligacha olib chiqqan, Segundada ham jamoasini qo'llab-quvvatlab, birgalikda La Ligaga qaytgan va jiddiy jarohatlarni ham boshdan o'tkazgan. Torresning kumirlaridan biri ham aynan Bruno edi. SHu sababli, u bilan birga o'ynash Pau uchun haqiqiy orzu edi.

"Men "Vilyarreal"dagi ilk o'yinimdan so'ng, Bruno Soriano bilan birga o'ynagan kunimni faoliyatimdagi birinchi golni urganimdan ham yaxshiroq eslayman", — tan olgandi Pau.

O'tgan yili faoliyatini tugatgan Soriano Evropa Ligasi finaliga Torresni ajoyib tarbiyali suhbat bilan kuzatib qo'ygandi. Va, albatta, futbolchini maqtab qo'yishni ham unutmagan: "Sen qanday rivojlanishing kerakligini yaxshi bilasan. Qisqa vaqt ichida kiyinish xonasida seni hurmat qilishlariga erisha olding".



Bruno va Torres o'rtasidagi yana bir ajoyib voqea. 2013 yili jamoa o'z sardori Soriano bilan Segundadan oliy divizionga qaytdi. Maydonga yugurib kelgan muxlislar va akademiya o'yinchilari futbolchilar bilan birga g'alabani nishonlashgandi. Ular orasida Pau Torres va Alfonso Pedrasa ham bor edi:




Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика