Asensio "Real"dan ketmoqchi emas

Alisher
13 iyul 2021, 17:38
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio kelajagi haqida gapirdi.

"Men "Real"da qolishni xohlayman. Kelajakda ham "qirollik klubi"da harakat qilmoqchiman. "Real" afsonasi bo'lishni va jamoaga sovrinlar yutishda yordam berishni istayman. Men bolalikdanoq "qaymoqranglilar"ning muxlisi hisoblanaman", - deydi Asensio.

Asensio "Real"da 2015 yildan beri o'ynaydi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum Ispaniya chempionti doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Espana