Asensio "Real"dan ketishga qaror qildi
22 sen 2021 13:08
Yangiliklar
Asensio "Real"dan ketishga qaror qildi
Ispaniyalik yarim himoyachi Marko Asensio o'z kelajagini Madridning "Real" klubida ko'rmayapti.
O'yin amaliyoti etishmayotgan xavbek qishki transfer oynasida boshqa klublarning taklifini ko'rib chiqishga tayyor. Unga "Tottenxem", "Milan" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.
"Qirollik klubi" Asensioni agar 50 million evro to'lansa, yanvarda qo'yib yuborishga tayyor.
25 yoshli yarim himoyachi 2015 yildan beri Madrid jamoasida o'ynaydi. Uning shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar