Asensio: "Peres menga katta yordam berdi"

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 13:56
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio klub prezidenti Florentino Peresga minnatdorlik bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi 11 oy davomida jiddiy jarohati sababli futbol o'ynamagandi.

"Yana maydonga qaytganimda o'zimda umid, azart va erkinlik his qildim. Florentino menga katta yordam berdi.

U doimo barchasini boshidanoq tushunadi. Shunday inson mening yonimda turganidan mamnunman.

Barcha prezidentlar ham u qilgan ishlarni qila olishmaydi. U boshqalardan ajralib turadi", - dedi Asensio.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal