ASEAN chempionati-2022. Bugun ikkinchi finalchi malum bo'ladi
10 jan 2023 09:45
Yangiliklar


ASEAN chempionati-2022. Bugun ikkinchi finalchi malum bo'ladi
Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari o'rtasida 14-marotaba tashkil etilgan ASEAN chempionati o'zining yakuniy pallasiga kirmoqda.
Bugun, musobaqaning 2-finalchisi aniqlanadi. Soat 17:30 da start oladigan uchrashuvda Tailand Malayziya bilan bahs olib boradi. Ular o'rtasidagi ilk uchrashuvda malayziyaliklar o'z maydonida 1:0 hisobida zafar quchgandi. Mazkur juftlik g'olibiga finalda Vetnam raqiblik qiladi. O'z navbatida ular 1/2 bosqichda Indoneziyani 2 o'yin natijasiga ko'ra (0:0, 2:0) mag'lub etdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi Tailand TJ hisoblanadi. Eng ko'p titul ham “jangovar fillar” hisobida – 6 ta.
ASEAN chempionati-2022 finali ham 2 uchrashuvdan iborat bo'ladi va bahslar 13 hamda 16 yanvar sanalarida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar