Asamoa Gyan - Ronalduning penaltisi haqida: "Penalti yo'q edi"
25 noy 2022 19:29
Yangiliklar
Asamoa Gyan - Ronalduning penaltisi haqida: "Penalti yo'q edi"
Ganalik sobiq futbolchi Asamoa Gyan JCH-2022 1-turi doirasidagi Portugaliyaga qarshi o'yindan keyin Krishtianu Ronalduning penaltisini yo'q deb hisobladi.
Uchrashuvning 65-daqiqasida portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi va penalti belgilandi. Buni jabrlanuvchining o'zi amalga oshirgandi.
"Bu penalti emas, holat 50ga 50. Hakam penalti bermasligi kerak edi. Tushunmadim, o'shanda nima sababdan bosh hakam VARga murojaat qilmadi?!", - dedi Gyan.
Fikrlar