Gyan: "Angliyada o'zimga klub topishimga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
30 avg 2016
"Shanxay SIPG" hujumchisi Asamoa Gyan Angliyaga ketayotgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

Futbolchiga asosiy davogarlar "Reding", "Sanderlend" va "Fulxem".

"Variantim ko'p. Agentim bilan mos keladigan variantni o'rganish uchun bu erdamiz, keyin esa gollar urib, sifatli o'yin ko'rsatishga harakat qilaman. Angliyada klub topishimga ishonaman. Bizda tanlash imkoniyatimiz bor. Men uchun Premer-liga yoki Chempionship bo'lishi juda muhim emas, asosiysi - qulaylik. Qarorni bugun e'lon qilsam kerak" - deydi Gyan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports