So’nggi yangiliklar

09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  0 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  1 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  5 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  1 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  14 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  2 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  7 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  17

Asadbek Jo'raboev: "Gentra avtomobilini otajonimga sovg'a qildim" Yangiliklar

Asadbek Jo'raboev: "Gentra avtomobilini otajonimga sovg'a qildim"

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-18 mart kunlari yurtimizda U-20 Osiyo Kubogi bo'lib o'tdi va unda Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.

Ular orasida "Navbahor"ning 19 yoshli mahoratli hujumchisi Asadbek Jo'raboev ham bor.

Jo'raboev mazkur musobaqada 4 ta o'yinda maydonga tushib, 137 daqiqa to'p tepdi. Hal qiluvchi final bahsida esa boshlang'ich tarkibdan joy olib, 60 daqiqa o'ynadi.  

"Navbahor" matbuot xizmati U-20 terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan Asadbek Jo'raboev bilan Rossiya U-20 terma jamoasiga qarshi o'yindan oldin intervyu oldi. 

- Acadbek, avvalo, "Navbahor" klubi nomidan U-20 Osiyo chempionligi bilan tabriklaymiz. Ayting-chi, mazkur musobaqa sizda qanday taassurot qoldirdi? 

- Assalomu alaykum! Avvalo, so'zim avvalida barcha hamyurtlarimizni ayni paytda yurtimizda hukm surayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Mazkur oyda tutayotgan ro'zalari, amalga oshirayotgan ibodatlarini Alloh o'z dargohida qabul qilsin, ilohim!

U-20 Osiyo chempionati borasida to'xtaladigan bo'lsam, musobaqa alo darajada o'tdi. Biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishdik.

Endi Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz va bo'lajak mundialda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga intilamiz.   

- Yurtimiz tarixida ilk marta O'zbekiston Prezidenti bevosita xalqaro futbol o'yinini stadionda tomosha qilib, o'yindan keyingi taqdirlash marosimidan so'ng oltin medallarni topshirdi va chempionlik kubogini terma jamoa futbolchilari bilan birga boshi uzra ko'tardi. Yurtboshimizning bevosita stadionda o'yinni tomosha qilganliklari sizlarga qo'shimcha motivaciya berdimi? SHuningdek, muhtaram Prezidentimizning chempionlikni sizlar bilan birgalikda nishonlaganliklari ham o'zgacha his-tuyg'ular uyg'otgan bo'lsa kerak?         

- Albatta, muhtaram Yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning final bahsiga tashrif buyurganliklari biz – futbolchilarga qo'shimcha kuch-quvvat, motivaciya berdi. Biz maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solishga harakat qildik va Xudoga shukrki, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik.

O'sha final o'yinida zafar qozonishimiz shart edi. Boisi, bizga muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida butun O'zbekiston xalqi ishonch bildirayotgandi. Xalqimizning ishonchini oqlaganimizdan xursandmiz. 

- U-20 Osiyo Kubogining yurtimizda o'tkazilgani, hamyurtlarimizning sizlarni barcha o'yinlarda bevosita stadionda qo'llab-quvvatlab turishgani ham muvaffaqiyatda muhim omil bo'ldimi?

- Fursatdan foydalanib, U-20 terma jamoamizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlab, biz – futbolchilarga qo'shimcha kuch, ruhiy madad berib turgan muxlislarga ham jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Muvaffaqiyatimizda ularning ham munosib hissalari bor.


- Mazkur turnirda U-20 terma jamoamiz uchun qaysi bahs qiyin kechdi?

- Ushbu musobaqadagi barcha jamoalar kuchli edi. Menimcha, avstraliyaliklar bilan bo'lgan o'yin biroz qiyinroq kechdi.

- Hal qiluvchi final uchrashuvidan oldin va chempionlikka erishganingizdan so'ng ko'nglingizdan qanday hissiyotlar o'tdi?

- Mazkur hissiyotlarni tasvirlashga til ojiz. Aytishadi-ku, ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal, deb. Buni inson o'zi his qilishi kerak.

Kezi kelganida shuni ham takidlamoqchimanki, muhtaram Prezidentimiz farmonlari bilan U-20 terma jamoamiz azolariga Gentra avtomobillari sovg'a qilindi. Har bir farzandning orzusi bo'ladi, albatta. Mening ham orzum kuni kelib, dadamga avtoulov sovg'a qilish edi. Allohga shukrki, Gentra avtomobilini otajonimga sovg'a qildim. 

- O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Akmalovich Haydarov sizlarni bo'lajak o'yinlarga qanday ruhlantirdi?

- U-20 jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan barcha murabbiylar katta tajribaga ega. Jumladan, Ravshan Akmalovich qo'l ostida 2018 yili O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempioni bo'lgandi. Mazkur muvaffaqiyat endi U-20 terma jamoamiz bilan takrorlandi.

Ravshan Akmalovich haqiqiy psixolog. Har bir o'yindan oldin raqibimiz bizdan ortiq emasligi, har qanday jamoani mag'lubiyatga uchratish mumkinligini uqtirib, biz–futbolchilarga maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solish, raqibdan cho'chimasligimizni uqtirdilar. Ushbu ko'rsatmalar esa bizga yakunda chempionlikni taqdim etdi. 

- Bo'lajak U-20 jahon chempionatiga Osiyo chempioni sifatida tashrif buyurasizlar? Ushbu mundialdan nimalar kutyapsiz?

- Biz oldimizga qo'yilgan maqsadlarimizdan bittasini bajardik, yani, mundialga Osiyo chempioni sifatida yo'l olyapmiz.

Takidlaganimdek, Jahon chempionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrindorlar safidan joy olishni maqsad qilganmiz.

- Endi terma jamoadan Superliga bahslariga o'tsak. Superliganing joriy mavsumdagi 3 turi ortda qoldi. Dastlabki taassurotlar qanday?

- Dastlabki taassurotlar ijobiy. Boisi, amaldagi mamlakat chempioni "Paxtakor"ning qatorasiga 2 ta o'yinda mag'lubiyatga uchrashi, "Nasaf"ning chempionatni omadsiz boshlashi, "Neftchi" va "Bunyodkor" jamoalarining 3-turdan so'ng musobaqa peshqadamligini qo'lga olishi ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi. 

"Navbahor" to'g'risida to'xtaladigan bo'lsam, jamoamiz joriy mavsum bahslarini yaxshi boshlab, dastlabki 2 ta uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozondi. Ammo "Paxtakor"ga qarshi kechgan bahsda "Navbahor"ga biroz omad etishmadi.

Keyingi o'yinlarda jamoamizga omad yor bo'lishini tilayman. SHuningdek, o'zim ham "Navbahor"ning muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo'shish niyatidaman.           

- Muxlislarga tilaklaringiz...      

- Ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman. Terma jamoamiz va "Navbahor"ni doimo qo'llab-quvvatlab turishsin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика