AS: RealSerxio Ramosni 65 mln evroga sotishga tayyor
29 noy 2013 11:22
Yangiliklar


AS: RealSerxio Ramosni 65 mln evroga sotishga tayyor
Real Ispaniya termasining 27 yoshli himoyachisini 65 million evroga sotishga tayyor, deb yozadi AS.
Manbaning aytishicha, bu kelishmovchilik avgust oyidan beri davom etmoqda. Barchasi Ramosning yangi shartnomada amaldagidan ko'proq maosh talab etgani, aks holda klubni tark etishi xaqida aytib qo'rqitganidan boshlangan.
O'z navbatida Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ramosning harakatlaridan va CHempionlar Ligasi doirasida "Galatasaroy"ga qarshi uchrashuvdagi zarur bo'lmagan chetlatilishdan norozi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilga qadar davom etadi va unga ko'ra Serxio 5,5 million evro maosh oldadi.
Avvalroq "Real Madrid" Ramos bilan yangi shartnoma borasida faqatgina 2015 yilga borib muzokara o'tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi.
SHuningdek, "Manchester Siti" va "PSJ" klublari himoyachiga yillik 7,5–9 million evro maosh berishga tayyor ekanliklarini elon qilishgan.

Fikrlar