As: "Manchester Yunayted" "Real"dan Ronaldu, Beyl, Benzema va Varan shartnomasi haqida malumot so'radi
09 iyu 2015 11:41
Yangiliklar


As: "Manchester Yunayted" "Real"dan Ronaldu, Beyl, Benzema va Varan shartnomasi haqida malumot so'radi
"Manchester Yunayted" birdaniga "Real"ning to'rt futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
"As" tarqatgan malumotlarga ko'ra, ingliz klubi Garet Beyl, Rafael Varan, Krishtianu Ronaldu va Karim Benzemaga qiziqish bildirmoqda.
So'nggi hafta davomida MYU "Real" rahbariyatidan futbolchilarning shartnomasidagi malumotlarni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, bir yil oldin MYU "Real"dan Anxel Di Mariyani 70 mln. evroga xarid qilgan edi.

Fikrlar