Arxiv suratlari tilga kirganda, ko'zguda Javohir Siddiqov
31 okt 2013 15:03
Yangiliklar


Arxiv suratlari tilga kirganda, ko'zguda Javohir Siddiqov
Futbolning dastlabki saboqlarini "Paxtakor" futbol maktabida ola boshlagan Javohir Siddiqovning JCH yashil maydonlarida ko'rsatgan o'yini ko'pchiligimizga manzur keldi. Dilshod Nuraliev qo'l ostida uzoq yillar davomida o'ynab kelayotgan futbolchi jussa jihatidan sheriklariga nisbatan bir muncha kichik bo'lgan bo'lsada, o'z irodasini ko'rsata oldi. Tinimsiz mehnat unga JCH eshiklarini ochdi va u BAAda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi mundialda o'z so'zini ayta oldi.
22.12.2009 yil. "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarining oltin medallar bilan taqdirlash marosimi. Siddiqov mavsumning eng yaxshi hujumchisi
13.12.2008. Bir yil avval rosa o'yin bo'lgan ekan. 5 yil o'tib JCH maydonlarida ham bundan kam bo'lmagan o'yin bo'ldi.
08.06.2009. Madridda o'tkazilgan "Alkobendes Kubogi-2009" g'olibi
24.06.2009. Toshkent shahar chempionati. "Paxtakor-96" - "Bunyodkor-95" 2:1. 2012 yilga qadar "Paxtakor" maktabi tarbiyalanuvchilari o'z tengqurlaridan bir yosh katta bo'lgan jamoalar o'rtasidagi musobaqada qatnashar edilar.
23.10.2008. Internatdagi damlar
05.10.2011. Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati saralash o'yinlari paytida.
Nodirxo'ja Yuldashevning foto arxividan

Fikrlar