Arveladze: "Raqiblarimiz ilk bo'limda yaxshi pressing qilishdi, biz esa juda sekin harakatlandik"
04 avg 2019 23:40
Yangiliklar


Arveladze: "Raqiblarimiz ilk bo'limda yaxshi pressing qilishdi, biz esa juda sekin harakatlandik"
O'zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan Paxtakor hamda Yashnobod klublari o'rtasidagi o'yindan (5:0) keyin o'tkazilgan matbuot anjumani o'tkazildi.
Uning ikkichi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze qatnashdi.
«Ko'p gapirib o'tishining hojati yo'q nazarimda. Raqibimizga to'xtalib o'tmoqchiman. Ular birinchi taymda qo'rqmasdan, yaxshi pressing uyushtirishdi. Buning ularni maqtab qo'yish kerak albatta. Biznikilarni esa teskarisi. Ilk bo'limda juda sekin harakat qildik. Daraja esa baribir o'z so'zini aytdi va shunday bo'lishi kutilgandi», – deya qayd etgan Arveladze.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar