Arustamyan: "Qishda "Rostov" va CSKA O'runovni tarkibga qo'shib olishni istamagan"
02 avg 2020 15:49
Yangiliklar
Arustamyan: "Qishda "Rostov" va CSKA O'runovni tarkibga qo'shib olishni istamagan"
"Match TV" sharhlovchisi Nobel Arustamyanning aytishiga ko'ra, qishki transferlar oynasi vaqtida Oston O'runovni RPLning bir necha klublari sotib olishni istamagan ekan.
Yakunda u "Ufa" tarkibiga borib qo'shildi.
"Endi hamma O'runov haqida gapirmoqda. Kimlar uni sotib olishni istamoqda: CSKA, "Spartak", "Dinamo", "Rubin". U "Ufa"ga qishda o'tgandi. Uning uchun klub 200 ming dollar to'ladi. Bunga qadar uni ko'plab klublarga taklif qilishdi. "Rostov" yo'q dedi, CSKA yo'q dedi. Ular kelajakni oldindan ko'ra bilishmadi", - dedi Arustamyan.
O'runov yaqin vaqtlar ichida "Spartak" bilan shartnoma imzolaydi. Oston "Ufa"dan oldin Toshkentning "Lokomotiv"ida harakat qilgandi.
Fikrlar