So’nggi yangiliklar

22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  1 21:49"Брест" — ПСЖ. Таркиблар маълум  7 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  14 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  5 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  1 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  44 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  37 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  16 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  4 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  7 15:11ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Реал" ва бошқа ўйинлар учун УЕФАнинг тахминий таркиблари  67 14:54Расмий хабар: Норчаев "Насаф"га қайтди  17

Artyom Petrosyan: Tarkibimizda o'yinni o'z qo'liga oladigan etakchi bo'lishini istagan bo'lardim Yangiliklar

Artyom Petrosyan: Tarkibimizda o'yinni o'z qo'liga oladigan etakchi bo'lishini istagan bo'lardim

Dinamo – Andijon (1:1) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin jamoamiz yordamchi murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugun hujumkor va ajoyib o'yin guvohi bo'ldik. Muxlislarimizni xafa qilishni istamagandik. Uzoq masofadan yo'l bosib kelgan ishqibozlarimizga alohida rahmat. SHuningdek, futbolchilarimizdan ham minnatdormiz. 1:0 hisobida yutqazayotganimizda ham qo'llarini tushirishmadi. Maqsadimizga erishib gol urdik. To'g'ri, yutolmadik, ammo g'alaba qozonishni juda ham istagandik. Samarqandliklarni yana katta futbol qaytgani bilan tabriklayman. Muxlislar yaxshi muhitni tashkil qilib berdilar. O'yin boshida bizga biroz qiyin bo'ldi. Bir qator muammolarimiz borligi sezilib turdi. Bahsni nazorat qildik, oldinga o'tishda ayrim qiyinchiliklar bo'ldi. Himoyada ham muammolarimiz ko'rinib turdi. Raqib bizga qiyinchiliklar tug'dirdi. Ikkinchi bo'limda ancha jismoniy kuch sarfladik. Bir qator vaziyatlarni tashkil qildik. Raqib darvozasi oldida bazida mahorat etishmayapti. Tarkibimizda bir qator iqtidorli yoshlar bor. Oxirgi zarbani beruvchi futbolchilarimizda aniqlik etishmay qolyapti. Ishlashda davom etamiz.

- «Andijon» bir necha turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Asosan qaysi poziciyalarda muammolar bor?

- Yuqorida aytib o'tdim, bizga tajriba etishmayapti, buni tan olamiz. Ishtiyoq juda yuqori. Afsuski, 5 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapmiz. Yigitlar juda-juda xohlashyapti, ammo imkoni bo'lmayapti. Oxirgi hal qiluvchi zarbani berish uchun chinakam mahorat etishmay qolyapti. Tarkibimizda o'yinni o'z qo'liga oladigan etakchi bo'lishini istagan bo'lardim. Nima desam ekan, jamoamiz g'alaba qozonishni nihoyatda istayapti. Bu kabi muammolar jahon miqyosida ham uchrab turadi. Menimcha, jamoamizga haqiqiy dispetcher etishmayapti.

- O'tgan yili jamoa etakchisiga aylangan Rubin Xebayni qo'yib yubordinglar. Siz uning ketganidan afsusdamisiz?

- Biz uni boshqa klubga sotdik. Ikkinchi tomoni shundaki, o'zi ham boshqa jamoaga ketishni xohladi, shuni ham hisobga olishimiz kerak. Ketishni istaganidan so'ng majburlab bo'lmaydi. O'zbekistonda qolishni xohlamadi. Bilaman, Xebay o'tgan mavsumda bizga ko'p ochkolar olishimizda yordam bergan. Buning uchun unga katta rahmat. Futbol — bu jamoaviy o'yin. Bitta o'yinchiga qarab jamoani shakllantirishni imkoni yo'q

- Uni qaytarish masalasi ko'rib chiqilmadimi?

- Men bu xususida biror nima deya olmayman. Rahbariyat biladi.

- Andijonlik muxlislar jamoasini ajoyib tarzda olqishlaydilar. Viloyat hokimi ham qo'llab-quvvatlaydi. Iqtisodiy tarafdan muammolar yo'qmi?

- Bizda juda yaxshi muxlislar bor. Etibor qaratgan bo'lsangiz, bizning fan-klubimiz nimani boshlab bersa, boshqalar xuddi shu narsani davom ettirishyapti va o'xshatishga harakat qilishyapti. Andijon muxlislari fan-klublar ichida yaqqol etakchilik qilishyapti. Fanatlarimizga alohida rahmat. Ular yangidan-yangi g'oyalarni amalga oshirishyapti. Rahbariyat ham bizni qo'llab-quvvatlab kelyapti. Jamoamiz bosh homiysi «Uzavtosanoat» hisoblanadi. Kerakli darajada homiylik ishlarini bajarmoqda. SHuningdek, viloyat hokimi ham klubni qo'llab kelmoqda.

- Eldor Adhamov bugun asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir qator seyvlarni bajardi. Bungacha boshlang'ich tarkibda o'ynagan Igor Litovka zaxirada qoldirildi. Jamoada asosiy posbon kim?

- Qiziqarli savol. Albatta, uning harakatlari yomon chiqmadi. Tinimsiz mehnati bilan asosiy tarkibga qo'shildi. Litovka ham mahoratli va unga ham rahmat. Adhamovga imkoniyat berishga harakat qildik. U yuqori darajada o'yin o'tkazdi. Mashg'ulotlarda yana kuzatib boramiz. Keyingi uchrashuvda kimni maydonga tushirishni murabbiylar shtabi tomonida hal qilinadi.

- O'tgan turda «Qizilqum»ga qarshi o'yin ancha xissiyotlarga boy o'tgandi va qizil kartochkalar ko'rsatilgan. Bu safar ham jamoa futbolchisi maydondan chetlatildi…

- Ha, qizil kartochkalarimiz paydo bo'lyapti. Hakamlar VARga qarayapti va shundan so'ng chetlatishyapti. Hakamlar so'nggi qarorni chiqaradilar va bizdan ko'ra vaziyatga yaqinroq turadilar. O'sha holat haqida Islom Mamatkazindan so'raganimda to'pga o'ynagandim degan javobni aytdi. Hammasini ko'rib chiqamiz. «Qizilqum»ga qarshi o'yindagi vaziyat esa boshqa edi. Tartib-intizom qo'mitasi o'sha chetlatishni bekor qildi. Haqiqat ro'yobga chiqqanidan xursandmiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика