Artyom Petrosyan: “Yigitlar xarakter ko'rsatishdi”
05 apr 2015 08:45
Yangiliklar

Artyom Petrosyan: “Yigitlar xarakter ko'rsatishdi”
O'zbekiston Birinchiligining birinchi bosqich 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor-2” – “Oq-tepa” uchrashuvi yakunlangach, mezbonlar murabbiyi Artyom Petrosyan o'yin to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Mavsumning birinchi o'yini bo'lgani uchun futbolchilar biroz hayajonlanishdi, ammo murabbiylar shtabi tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Natijada g'alaba qozondik. “Oq-tepa” yaxshi jamoa, tarkibida tajribali futbolchilar to'p suradi. Lekin bizning yigitlar o'ziga xos xarakter ko'rsatishdi.
“Oq-tepa” o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'yganini bilamiz. Bu futbolchilarimizga hech qanday bosim yuklamadi. CHunki bizning o'zimizga yarasha rejalarimiz bor edi va buni bajara oldik. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilarida doimo g'oliblik ruhi baland turadi. Bugun shuning evaziga ham g'alaba qozondik, deb o'ylayman.

Fikrlar