Artyom Filiposyan terma jamoa yig'iniga taklif etildi
06 dek 2014 19:43
Yangiliklar


Artyom Filiposyan terma jamoa yig'iniga taklif etildi
Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda OFK tartib intizom qo'mitasi milliy terma jamoamiz azosi Islom To'xtaxo'jaevni 4ta o'yinga chetlatib, unga qo'shimcha 10 000 dollarlik moddiy jarima tayinladi.
SHu bois terma jamoamiz murabbiylar shtabi ushbu yo'qotishni to'ldirish maqsadida “Lokomotiv”ning boshqa bir himoyachisi Artyom Filiposyanni yig'inga taklif etdi.
Malumot uchun ikkinchi davrada “temiryo'lchilar” safiga kelib qo'shilgan Filiposyan Toshkent jamoasi tarkibida 6ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Demak, yaqin orada Filiposyan terma jamoa lageriga jo'nab ketadi.

Fikrlar