So’nggi yangiliklar

11:27Футзал. Бугун Фарғонада 10-тур старт олади, пешқадам БМБ "Пахтакор"га қарши  0 11:11Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи  6 10:45Ильгиз Танташев ЖЧ-2026 саралаш ўйинига тайинланди  1 10:36«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр  0 10:11ПСЖ президенти журналистнинг саволига кескин жавоб қайтарди  5 09:45Тиаго Силва янги жамоаси билан шартнома имзолади  4 09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  15 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  10 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  18 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  14 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  5 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  3 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  3 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  95

Artyom Filiposyan: “So'g'diyona” bilan Kubok va medal yutish uchun astoydil kurashamiz" Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “So'g'diyona” bilan Kubok va medal yutish uchun astoydil kurashamiz"

Artyom Filiposyan Tailand jamoasi bilan tuzilgan shartnomasini muddatidan avval bekor qilib, yurtimizga qaytib keldi.

 Tajribali himoyachi bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana O'zbekiston Superligasida faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Yaqinda “Bunyodkor” o'quv-yig'in mashg'ulotlariga borib qo'shilgan 34 yoshli futbolchi yaqinda yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 


- Artyom, Sizni “Bunyodkor” mashg'ulotlarida ko'rgandik. Keyingi taqdiringizga oydinlik kiritib oldingizmi?

- Avvalambor, assalomu alaykum! Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan yangi 2022 yil bilan chin dildan muborakbod etaman. Bilasiz, “Bunyodkor” jamoasida ilgari o'ynaganman. Jamoa bosh murabbiyi SHuhrat Maqsaudov bilan munosabatimiz yaxshi. Bu jamoada sport formamni ushlab turish maqsadida shug'ullanib kelayotgandim. Jamoa rahbariyati meni qolishimni taklif qildi. SHuningdek oldimda bir nechta takliflar turgandi. Yakunda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga o'tishga qaror qildim. 

- “So'g'diyona”ning taklifi sizni ko'proq nimasi bilan o'ziga qiziqtirdi?

- Ularning taklifi men uchun har tomonlama ayni muddao bo'ldi. Eng avvalo bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev bilan ilgari “Buxoro”da birga ishlaganmiz. Munosabatlarimiz juda yaxshi. Qolaversa “So'g'diyona” joriy mavsum ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Jamoa Kubok va medallar uchun kurashishni maqsad qilgan. Nasib qilsa bu yo'lda jizzaxliklarga qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman. 

- Yangi jamoangizdagi taassurotlaringiz qanday?

- Dastlabki taassurotlari yaxshi, albatta. Jamoa meni yaxshi qabul qildi. Tarkibdagi ko'plab futbolchilar bilan yaxshi tanishman. SHuning uchun ham hech qanday muammoni ko'rmayapman. 

- Kelgusida sizni yana legioner sifatida ko'rishimiz mumkinmi?

- Hozircha asosiy etiborimni “So'g'diyona”da o'ynab, jamoa yutuqlariga o'z hissamni qo'shishga qaratganman. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 

-  Bugungi kundagi Superliga haqida qanday tasavvurdasiz?

- Oxirgi uch yilni xorij chempionatida o'tkazdim. O'ylaymanki bu vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasida saviya ortgan. Qiziqarli o'yinlar soni ko'paygan. Agarda shu yo'nalishda ketsa, nasib qilsa ichki chempionatimiz yanada o'sishga erishadi. 

- Asli samarqandlik hisoblanasiz. “Dinamo” jamoasida Superligaga chiqqach, tarkibda etiborga molik o'zgarishlarga qo'l urmoqda. Bu jamoa vakillari siz bilan aloqaga chiqishmadimi?

- To'g'risini aytsam, “Dinamo”dan menga hech qanday chorlov bo'lgani yo'q. 

- Sizningcha transfer oynasida etiborga molik o'zgarishlarni qaysi jamoa amalga oshirmoqda?

- Menimcha transfer bo'yicha “Navbahor”da yaxshi ishlar amalga oshirilmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика