Artyom Filiposyan sobiq jamoasiga qaytdi
26 dek 2020 11:26
Yangiliklar


Artyom Filiposyan sobiq jamoasiga qaytdi
Indoneziyaning “TIRA-Persikabo” jamoasida to'p tepib kelayotgan o'zbekistonlik futbolchi Artyom Filiposyan jamoasini o'zgartirdi.
33 yoshli himoyachi Tailandning "Prachuap" jamoasi safiga borib qo'shildi. Filiposyan uchun bu klub begona emas. 2019 yilgi mavsumda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan futbolchi mamlakat Liga kubogini qo'lga kiritgan edi. Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Adnan Oraxovac ham Filiposyanning jamoadoshi hisoblanadi.
Artyom faoliyati davomida shu kunga qadar "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Dinamo" (Samarqand), "Buxoro", "Lyaonin Xuvin" (Xitoy), "Prachuap" (Tailand) “TIRA-Persikabo” (Indoneziya) klublarida o'ynagan. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 13 ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar