So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Artyom Filiposyan: “Nasaf” OFK kubogini qo'lga kiritishiga ishonaman” Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “Nasaf” OFK kubogini qo'lga kiritishiga ishonaman”

2011 yil “Nasaf” OFK kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. O'shanda jamoa safida himoyachi Artyom Filiposyan ham to'p tepib, jamoa muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo'shgandi.

Hozirda Filiposyan Tailandning “Muangkan Yunayted” klubida o'ynamoqda. Futbolchi bilan bog'lanib, “Nasaf”ning OFK kubogi finaliga chiqishi va Tailanddagi faoliyati borasida bog'landik.

- “Nasaf”ni finalga yo'llanma olganidan juda xursand bo'ldim. Ular haqli ravishda bunga erishdi. Klubning barcha futbolchi va murabbiylari bu yutuq bilan muborakbod etaman. Finalda ham omad yor bo'lishiga tilakdoshman.

- “Nasaf” finalda jiddiy raqib “Al-Muharraq” klubiga qarshi maydonga tushadi. Sobiq jamoangizni finaldagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Finalda imkoniyat 50ga 50 degan bo'lardim. Final bahslari har doimo ham oson kechmaydi. CHunki bu bosqichgga etib kelgan jamoa g'oliblik uchun borini maydonga tashlaydi. Raqibi ham chakki emas. SHunday bo'lsa-da, men “Nasaf”ga to'liq ishonaman. Ular O'zbekistonga OFK kubokini olib kelishadi va xalqimizga tarixiy yana bir lahzani tuhfa qilishadi.

- 2011 yilda siz “Nasaf” bilan OFK kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgansiz. O'shanda jamoa nimaning evaziga g'oliblikni qo'lga kiritgandi?
- O'sha yili tarkibimiz juda kuchli edi. Qolaversa, Anatoliy Demyanenko “Nasaf”ni juda yaxshi shakllantirgandi. Ahillik va birdamlik evaziga o'shanja g'oliblikni qo'lga kiritgandik. O'sha vaqtni juda yaxshi eslaymiz. Ishonamanki, bu safar “Nasaf” yana chempionlikni qo'lga kiritadi va xalqimizga bayram shukuhini ulashadi.

SHu o'rinda jarohat olgan Husniddin Aliqulov haqida gapirmoqchiman. U finalda ishtirok eta olmasligini eshitib hafa bo'ldim. U tezroq sog'ayib ketishiga tilakdoshman. "Nasaf" futbolchilari Aliqulov uchun ham finalda g'oliblikni qo'lga kiritishiga ishonaman.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика